Shaxsning aqliy sifatlari -
|
Shaxsning aqliy jihatdan kamolotga etishuvi, uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon bo‘lishi. Bu darajaga olib boruvchi sifatlar: bilag‘onlik, ob’ektivlik, fikrlovchilik.
|
Shaxsni har tomonlama kamolga etishi –
|
Ma’lum
bir real tarixiy shart-sharoitlarda amalga oshirish mumkin bo‘lgan qobiliyatlar va iqtidorlarning, uning mohiyatini tashkil etadigan hamma kuchlarning to‘liq va batamom rivojlanishidir.
|
Ekologik tarbiya –
|
Talabalarni ekologik (atrof –muhit muhofazasi) bilimlar bilan qurollantirish, shuningdek tabiatga nisbatan axloqiy-estetik, oqilona ekologik xatti-harakatlar ko‘nikmalarini, ekologik
tafakkurni hamda ekologiya uchun faol kurashish qobiliyatlarini shakllantirish.
|
Estetik did –
|
Shaxsda uning shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlarining qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladigan murakkab hodisadir.
|
Estetik ideal –
|
Bu shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan, takomillashgan go‘zallik borasidagi baxosining aks etishidir.
|
Estetik tarbiya –
|
San’atdagi, tabiatdagi qurshab olgan hayot voqeligidan go‘zallik vositalari asosida tarbiyalash, insonni garmonik tarbiyalash vositasidir.
|
Estetik tuyg‘u –
|
Bu shaxsning buyum yoki hodisaga estetik baho berish munosabatini boshdan kechirishidir.
|
|