«tasdiqlandi»
Download 138 Kb.
|
Ядро астрофизикаси 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- YADRO ASTROFIZIKASI ” FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
- Magistratura mutaxassisligi
- Fizika fakulteti dekani: ________________ Gʻ.Eshonqulov “Yadro fizikasi” kafedrasi mudiri: _________________ S.Polvonov
- Fan/modul kodi MYAT2315 O‘quv yili 2022-2023 Semestr
- Ta’lim tili O‘zbek/rus Haftadagi dars soatlari
- Mustaqil ta’lim (soat) Jami yuklama (soat)
- II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu. Kirish.
- 2-Mavzu. Fundamental o‘zaro ta’sirlar.
- 3-Mavzu. Koinotning inflyasion modeli.
- 4-Mavzu. Koinotda yulduzlarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
“YADRO ASTROFIZIKASI” FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI
Toshkent 2022 Fanning ishchi o‘quv dasturi 70530902 - Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha) mutaxasisligi Malaka talablari va ishchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan soat hajmiga mos holda ishlab chiqilgan. Mazkur fanning ishchi o‘quv dasturi “Yadro fizikasi” kafedrasining 2022-yil 20-iyundagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan (22 – sonli bayonnoma). Mazkur fanning ishchi o‘quv dasturi “Fizika” fakulteti O‘quv - Uslubiy Kengashining 2022-yil 21-iyundagi yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etilgan (7 – sonli bayonnoma). Mazkur fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘quv - Uslubiy Kengashining 2022-yil 23-iyundagi 8–sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Fizika fakulteti dekani: ________________ Gʻ.Eshonqulov “Yadro fizikasi” kafedrasi mudiri: _________________ S.Polvonov Magistratura bo‘limi boshlig‘i __________________N.Majidov
Fanning mazmuni “Yadro astrofizikasi ” fanining asosiy maqsadi – talabalarda mikro fizika olamining turli masala va muammolarini tahlil qilish ularning natija va xulosalarini astrofizika muammolarini yechishga tadbiq etish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmani hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi - sayyora va yulduzlardagi atom yadrosi va elementar zarralar ishtirokida kechadigan turli jarayonlarni hisoblash, mustaqil fikrlash, yadro fizikasi sohasida elementar zarralar va og‘ir yadrolarning, zarralar va atom yadrosi bilan o‘zaro ta’sirni o‘rganish bo‘yicha dunyo miqyosida o‘tkazilayotgan yirik astrofizik kuzatish va eksperimentlarning borishi, ularda olinayotgan natijalarni mohiyati, ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu. Kirish. Yadro astrofizikasi fanining mazmuni, predmeti va metodi. Yadro astrofizikasi fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Zamonaviy astrofizika haqida qisqacha ma’lumot. Katta portlash. Buyuk portlash nazariyasining asosiy tushunchalari, Olamning rivojlanishidagi hal qiluvchi bosqichlar, barion moddaning ustunligi (ortib borishi). Materiya taqsimoti haqida ma’lumotlar. Mikroto‘lqinli fon. Xabbl doimiysi. Olamning yoshi. 2-Mavzu. Fundamental o‘zaro ta’sirlar. Fundamental o‘zaro ta’sirlar. Kuchli, kuchsiz elektromagnit va gravitasion o‘zaro ta’sir va unda ishtirok etuvchi elementar zarralarning xossalari. Kuchlarni birlashtirishni yagona nazariyasi. Standart model va uning Olam evolyusiyasidagi ahamiyati. 3-Mavzu. Koinotning inflyasion modeli. Koinotning inflyasion modeli. Kvark-glyuon plazmasi, yadrolar, mezonlar va leptonlar. Birlamchi yadro reaksiyalari hamda dastlabki nukleosintez. 4Ne, 2N, 3Ne, 7Li elementlarining tarqalishi. Gamov oynasi. Yadrolarning bog‘lanish energiyasi va yadrolarning hosil bo‘lish jarayonlari. Berilliy muammosi. 4-Mavzu. Koinotda yulduzlarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Birlamchi yulduz va galaktikalarning paydo bo‘lishi. Zamonaviy relyativistik kosmologiya materiyaning yangi formalari: Hozirgi etapda koinotning tezlanish bilan kengayishi. Yulduz va galaktikalarning shakllanishi. Gershdprung-Rassel diagrammasi. Bosh ketma-ketlik. Yulduzlar klassifikasiyasi. Download 138 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling