Tasdiqlangan” Institut kengashining 2022-yil 6-yanvardagi 2-sonli qarori asosida. Kengash raisi, rektor E. Kushmuratov


Download 65.74 Kb.
bet4/10
Sana15.03.2023
Hajmi65.74 Kb.
#1269660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
кредит-модуль tartib 25-02-2022 (2)

daraja

5 ballik tizim
(baho)

О‘zlash-tirish foizda

an’anaviyda

Baholash mezonlari




О‘quv boshqarma uchun

Professor-о‘qituvchi uchun

A+

4,51 – 5

91 - 100

A’lo

Talaba materialni mustaqil ravishda tez о‘zlashtiradi: xatolarga yо‘l qо‘ymaydi; mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga tо‘liq va aniq javob beradi.




A

4,26 – 4,5

86 – 90

talaba materiallarni mustaqil ravishda о‘zlashtiradi: xatolarga yо‘l qо‘ymaydi; savollarga tо‘liq va aniq javob beradi.




B+

4,01–4,25

81 – 85

Yaxshi

talaba materiallarni yaxshi о‘zlashtirgan, uni mantiqiy ifoda eta oladi; mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga tо‘liq va aniq javob beradi, biroq uncha jiddiy bо‘lmagan xatolarga yо‘l qо‘yadi.




B

3,51 – 4,0

71 – 80

talaba materiallarni yaxshi о‘zlashtirgan, savollarga tо‘liq va aniq javob beradi, biroq uncha jiddiy bо‘lmagan xatolarga yо‘l qо‘yadi.




C+

3,26 – 3,5

66 – 70

Qoniqarli

asosiy materiallarni biladi, biroq aniq ifoda etishga qiynaladi; savollarga javob berishda aniqlik va tо‘liqlik yetishmaydi; materiallarni taqdim etishda ayrim xatoliklarga yо‘l qо‘yadi; kommunikatsiya jarayonida qiyinchilik sezadi.




C

3,0 – 3,25

60 – 65

asosiy materiallarni biladi, biroq aniq ifoda etishga qiynaladi; savollarga javob berishda aniqlik va tо‘liqlik yetishmaydi; materiallarni taqdim etishda ayrim xatoliklarga yо‘l qо‘yadi;




F

3,0 dan kam

59 dan past

Qoniqarsiz

materiallarni о‘zlashtirmagan; savollarga javob bera olmaydi; mashg‘ulotlarda ishtirok etmaydi






Mazkur mezon modul(fan)ning talaba tomonidan o‘zlashtirilgan va baho bilan tasdiqlangan malaka darajasini aks ettiradi. Shuningdek, tegishli modul(fan)ni talaba tomonidan o‘zlashtirgan ko‘nikma va ularni amalda bajara olishini tavsiflash uchun xizmat qiladi.

  1. Talabalarni baholashda quyidagilar hisobga olinadi:

mashg‘ulotlardagi ishtiroki (davomat);
mashg‘ulotlardagi faollik va ijodkorlik;
kichik guruhlarda va hamkorlikda ishlash;
asosiy va qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirish;
mustaqil ta’lim bo‘yicha topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
nazoratning barcha turlarini o‘z vaqtida bajarish.

  1. Tegishli fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 60 ball va undan yuqori bo‘lgan talabalarga fan bo‘yicha kreditlar beriladi. Fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 59 ball va undan past bo‘lgan talaba(lar)ga fan bo‘yicha kredit berilmaydi.



Talabalarni fandan chetlashtirish, o‘qishga qayta tiklash, kursdan kursga o‘tkazish

  1. Tegishli semestrdagi bir modul(fan)ga ajratilgan auditoriya (ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya) soatining 25 foizi va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi.

  2. Nazorat turlari bo‘yicha qoniqarsiz baholangan talabaga belgilangan muddat davomida bir marta qayta topshirishga imkon beriladi. Bunda oraliq nazorat turidan qoniqarsiz baholangan talaba yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddatda fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan jadval asosida, yakuniy nazoratdan qoniqarsiz baholangan yoki mazkur nazoratga qo‘yilmagan talabaga institut rektorining o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan akadem qarzdorlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga muvofiq, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan nazoratlarni qayta topshirish to‘g‘risidagi jadval asosida qayta topshirishga ruxsat beriladi. Fandan chetlashtirilgan talabaga yakuniy nazoratni qayta topshirishga ruxsat etilmaydi.

O‘rnatilgan tartibda qayta topshirish muddatlarida xam yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha (F) qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi va mazkur modul(fan)dan yozgi semestrda yoxud keyingi semestrlarda qayta o‘qishga qoldiriladi.
Kuzgi semestr davomida fan(lar)ni o‘zlashtirmagan talaba(lar) bahorgi semestrda o‘qishni davom ettiradi.

  1. Talabalarni kursdan kursga o‘tkazish.

O‘quv yili bo‘yicha talabalarni kursdan kursga o‘tkazish buyrug‘i ikki marta chiqarilishi mumkin. Birinchi buyruq o‘quv yili yakunlangandan so‘ng 1 hafta muddatda rasmiylashtiriladi. Ikkinchi buyruq faqat yozgi semestrda o‘qishga qolgan(akadem qarzdor)larning o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra kuzgi semestr boshlanishidan 2 hafta avval rasmiylashtiriladi.
Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 2022/2022 o‘quv yilli uchun institutda GPA qiymati 2,4 etib belgilanadi. Keyingi o‘quv yillari uchun GPA qiymati o‘tgan o‘quv yili sarhisobiga ko‘ra institut Kengashi tomonidan belgilanadi.
O‘quv yili yakunida ta`lim natijalariga ko‘ra GPA ning saralash qiymatidan past ko‘rsatkichga ega talaba(lar) kursdan qoldiriladi. Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha akademik qarzdorligi bo‘lgan talabalar o‘qishdan chetlashtirtirilmaydi. Kursdan qolgan talabalar faqat akadem qarzdorlik bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirish maqsadida, ularga mos ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi va institut rektorining tegishli buyrug‘i bilan amaldagi kursida o‘qishga qo‘yiladi. Akadem qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan talabaga o‘qishga kirgan yilidan boshlab bakalavriatda 8 yilgacha, magistraturada 4 yilgacha shartnoma asosida qayta o‘qishga ruxsat beriladi. Qayta o‘qishga ruxsat berishda talabaning jami o‘quv davri o‘qishga qabul qilingan yilidan boshlab bakalavriatda 8 yil, magistraturada 4 yildan oshib ketmasligi inobatga olinishi shart. Mazkur muddatlarda tegishli kreditlarni to‘plamagan talaba(lar)ning barcha kreditlari bekor qilinadi va talabalar safidan chetlashtiriladi. Bu tartibda talabalar safidan chiqarilgan talaba(lar)ning o‘qishi qayta tiklanmaydi.
Ta’lim oluvchilarning kursdan kursga o‘tkazishda majburiy fanlarning barchasi o‘zlashtirilgan bo‘lishi talab etiladi.
Yozgi semestrda qayta o‘qishdan keyin ham tegishli kursda ta’lim oluvchining GPA qiymati o‘quv yili uchun o‘rnatilgan qiymatdan past va majburiy fan(lar) o‘zlashtirilmagan bo‘lsa talaba kursdan qoldiriladi.

  1. Kursdan qoldirilgan talabaning ta`lim yo‘nalishi yoki ta`lim shakli mavjud bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq turdosh ta`lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirib davom ettirishi mumkin.




Download 65.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling