9-bob. Identifikatsiyalash / masofaviy (raqamli) mijozlarni identifikatsiyalash
9.1. Bank, xizmat koʻrsatishda, Mijoz esa, bank xizmatlaridan foydalanishda mazkur BSh
da, amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda va/yoki tomonlar oʻrtasida tuzilgan
boshqa shartnomalarda belgilangan Mijozning shaxsini tasdiqlash tartib-qoidasiga amal qilishi
kerak.
9.2. Bank tomonidan Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini
bosuvchi hujjat) yoki biometrik ʻma’lumotlar asosida (iloji boʻlsa) identifikatsiya/masofaviy
identifikatsiya qilinadi. Bunda bank Mijozning shaxsini aniqlashda/masofaviy identifikatsiya
qilishda:
9.2.1. shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat) asosida
bunday hujjatning asl nusxasi bilan tanishib chiqishi lozim;
9.2.2. biometrik ʻma’lumotlarga asoslanib (iloji boʻlsa) bunday ʻma’lumotlarni Oʻzbekiston
Respublikasi davlat organlarining axborot tizimi bilan tasdiqlashi kerak.
9.3. Masofaviy (raqamli) identifikatsiya qilish Mijozning mobil qurilmasi videokamerasida
Mijozning yuzini yozib olish va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq skanerlash orqali amalga oshiriladi.
9.4.
Bank amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilgan dastlabki
identifikatsiyadan so‘ng Mijozni identifikatsiyalash vositasidan foydalangan holda elektron
kanallar orqali, shuningdek, arizada va/yoki Bankda mavjud bo‘lgan istalgan hujjatda
ko‘rsatilgan mijozning identifikatsiya ma’lumotlaridan foydalangan holda mijozni
identifikatsiyalashi mumkin.
9.5. Mijozning takroriy va har bir takroriy identifikatsiyasi Mijozdan olingan
ʻma’lumotlarning ishonchliligiga shubha tugʻdirganda amalga oshirilishi mumkin.
9.6. Shuningdek, identifikatsiyalash maqsadida Call-Markazi aniq turdagi savollar
berishi, shuningdek tasdiq sifatida Bank tomonidan yuborilgan kodlarni oshkor qilishni
soʻʻrashga xaqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |