Tasdiqlangan "tbc bank" atbning 2022 yil 19 maydagi 18-sonli Boshqaruv bayonnomasi bilan Boshqaruv Raisi Tetrashvili S. “tbc bank” atb bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etilishi boʻyicha bosh shartlar


Download 439.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/52
Sana27.03.2023
Hajmi439.33 Kb.
#1301033
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52
Bog'liq
tandc-finaluzbclean-2

4.12.1. Mijozning talabiga, Bosh shartlarga va ushbu shartnomaga asosan jismoniy shaxs 
uchun talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʼini ochish. 
4.12.2. Mijozning mablagʼlarini saqlash, summalarni hisob raqamiga kirim qilish, ularni 
oʼtkazish yoki berish boʼyicha mijozning talablarini bajarish, shuningdek, Oʼzbekiston 
Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Bosh shartlarda va ushbu shartnomada nazarda tutilgan 
boshqa operatsiyalarni bajarish faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshiradi. 
4.12.3. Bank sirini saqlash, Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan 
hollar bundan mustasno. 
4.12.4. Hisobraqamdagi mavjud mablagʼlarning xavfsizligi va butligini taʼminlash. 
Hisobda turgan mablagʼlarni olib qoʼyish yoki u boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib qoʼyish faqat 
Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga 
oshirilishi mumkin. 
4.13. Банк ҳуқуқлари:
4.13.1.. Boshqa bank mahsulotlarini taqdim etish munosabati bilan zarur hollarda mijozga 
xisobvaragʼ ochish. 
4.13.2.. Bosh shartlarga va Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid 
boʼlgan notoʼgʼri hisobvaraq operatsiyalarni qabul qilmaslik, yoki bankka topshirilgan 
farmoyishlariga zid boʼlgan operatsiyalarni ijrosini rad etish. 
4.13.3. Bank tariflarning oʼzgarishi toʼgʼrisida va ular kuchga kirgunga qadar 10 kun oldin 
xabardor qiladi, bank bu haqida maʼlumotni filiallar yoki bank xizmat koʼrsatish markazlarida, 
bankning www.tbcbank.uz veb-sayti, shuningdek masofaviy bank xizmati tizimi orqali eʼlon 
beradi, agar bunday oʼzgartirishlar Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid 
boʼlmasa va bank xizmatlari isteʻʻmolchilarining huquqlarini buzmasa. Аgar mijoz oʼzgartirishlar 
eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida hech qanday shikoyat yoki eʼtiroz bildirmasa, bu 
oʼzgarishlar kuchga kiradi. 
4.13.4.. Mijozni aniqlash va hisobvaraqda amalga oshirilgan bitimlarning qonuniyligini 
tasdiqlashga imkon beruvchi maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilish. 

Download 439.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling