Tasdiqlangan "tbc bank" atbning 2022 yil 19 maydagi 18-sonli Boshqaruv bayonnomasi bilan Boshqaruv Raisi Tetrashvili S. “tbc bank” atb bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etilishi boʻyicha bosh shartlar


-bob. BSh ga asosan tuzilayotgan shartnomalarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


Download 439.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/52
Sana27.03.2023
Hajmi439.33 Kb.
#1301033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
tandc-finaluzbclean-2

 
 16-bob. BSh ga asosan tuzilayotgan shartnomalarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
 kiritish, muddatidan oldin bekor qilish va voz kechish 
 
17-bob. Boshqa qoidalar 
 
 


ATB “TBC Bank”
“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari” 

1-bob. Kirish va tuzilishi 
1.1. 
Bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish boʻyicha ushbu "TBC Bank" 
aksiyadorlik tijorat bankining (bundan buyon matnda “Bank” deb ataladi) Bosh shartlari jismoniy 
shaxslarga (bundan buyon “Mijoz” deb ataladi) Bank tomonidan taqdim etiladigan, shu jumladan 
onlayn xizmatlarni taqdim etish va bunday xizmatlardan foydalanishda tomonlarning tartib-
qoidalari, huquqlari va majburiyatlarini tartibga solish boʻyicha rasmiy taklifi (ofertasi)
hisoblanadi. 
1.2. 
Bank va Mijoz oʻrtasida gi munosabatlar, shu qatorda quyidagi hujjatlardan iborat 
boʻlgan Bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishning bosh shartlari (keyingi oʻrinlarda - 
BSh) bilan tartibga solinadi: 
1.2.1. Bank hisob raqamlarini ochish, ularga xizmat koʻrsatish va boshqa bank 
xizmatlarini 
koʻrsatish 
uchun 
Ariza/Talabnoma 
(oldingi 
Shartnoma/Ariza)/onlayn 
Ariza/Talabnoma;
1.2.2. www.tbcbank.uz saytida koʻrsatilgan xizmatlar tariflari
1.2.3. Baʻzi Bank mahsulotlari va xizmatlari boʻyicha shartnomalar;
1.2.4. Bank tomonidan joriy va / yoki kelajakdagi xizmatlarni koʻrsatish va tartibga 
solish uchun kiritilishi mumkin boʻlgan har qanday qoʻshimcha shartlar, shartlar, takliflar va 
ilovalar.
1.2.5. 1.2.1.-1.2.5.- bandlarida koʻrsatilgan BSh ga va hujjatlarga qoʻshilgan har qanday 
ilovalar, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar, bank va Mijoz oʻrtasida ma’lum bir xizmatni koʻrsatish 
toʻgʻrisida tuzilgan (tegishli BSh ga muvofiq qanday tashkil etilganligidan qat’i nazar) BSh ning 
ajralmas qismi boʻlib, ular ushbu BSh bilan birgalikda hisobga olingan holda tegishli kontekstda 
sharhlanishi kerak.
1.2.6. Mijoz ushbu BSh larni oʻqishi, tanishishi, va 1.2.1.-1.2.5. – bandlarda koʻrsatilgan
kerakli hujjatlarni toʻldirishi va imzolashi / tasdiqlashi / qabul qilishi kerak, bu bilan u ushbu BSh 
larni oʻqiganligini va bilishini va ular bilan rozi ekanligini, va Mijoz oʻz tomonidan taqdim etgan 
ʻma’lumotlarning haqiqat va toʻgʻri ekanligini maʻlum qiladi va tasdiqlaydi.
1.2.7. Mijoz bankka haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjatni (pasport yoki pasport oʻrnini 
bosuvchi hujjat, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalariga muvofiq) 
taqdim etadi, ularning ma’lumotlari Ariza/Talabnomada yoki onlayn Ariza/Talabnomada, 
shartnomalarda va Bankning boshqa ma’lumotlar bazalarida koʻrsatiladi.
1.2.8. Mijoz xizmatni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va / yoki ma’lumotlarni 
toʻgʻri toʻʻldirmasa, imzolamasa/qabul qilmasa va / yoki Bankka taqdim qilmasa, Bank Mijozga 
har qanday xizmatini taqdim etishdan bosh tortishi mumkin.
1.2.9. Bank oʻz xizmatlarini faqat tegishli Arizaning (Talabnomaning) majburiy satrlari 
Mijoz tomonidan toʻldirganidan soʻng va Bankka soʻralgan hujjatlar va / yoki ma’lumotni taqdim 
etib, 
Ariza/Talabnomani 
(avvalgi 
Shartnoma/Ariza) 
imzolaganidan 
yoki 
onlayn 
Ariza/Talabnomani qabul qilganidan soʻng taqdim etishni boshlaydi.


ATB “TBC Bank”
“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari” 


Download 439.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling