Tasdiqlangan "tbc bank" atbning 2022 yil 19 maydagi 18-sonli Boshqaruv bayonnomasi bilan Boshqaruv Raisi Tetrashvili S. “tbc bank” atb bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etilishi boʻyicha bosh shartlar


Download 439.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/52
Sana27.03.2023
Hajmi439.33 Kb.
#1301033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
tandc-finaluzbclean-2

2.2.2. Bank xizmatlari - shartnomaga muvofiq Bank tomonidan taqdim etiladigan pullik 
va bepul bank xizmatlari
2.2.3. Kartani / Hisobni blokirovka qilish - bank kartasi / hisobvaragʻi yordamida 
toʻlovlarni amalga oshirishni va / yoki operatsiyalarni amalga oshirishni toʻliq yoki vaqtincha 
taqiqlash; 
2.2.4. Bank kartasi - Bank tomonidan chiqarilgan, uning egasiga (Mijoziga) bank 
hisobvaragʻida bir necha bor operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan hisob-kitoblarni 
amalga oshirish va hisobvaragʻidan naqd pul olish imkoniyatini beruvchi, moddiy yoki virtual 
toʻlov kartasi. Bank kartasiga egalik qilgan Mijozning bank hisobvaragʻida amalga oshirishi 
mumkin boʻlgan operatsiyalar turlari bank kartasi egasi va emitenti oʻrtasida tuzilgan 
shartnomada belgilanadi.
2.2.5. Bank – mazkur BSh ning ishtirokchisi "TBC Bank" aksiyadorlik-tijorat banki 
hisoblanadi;
2.2.6. Bank sirlari - Bank (a) operatsiyalari haqida himoyalangan ʻma’lumotlar, hisob-
kitoblar va depozitlar toʻgʻrisida, (b) Mijozi toʻgʻrisida, unga bank xizmatlari koʻrsatilishi 
jarayonida Bank tomonidan olingan ʻma’lumotlar, (c) Mijozning Bank xududida va seyflarida 
saqlanadigan mol-mulkining mavjudligi, uning xususiyat va qiymati toʻgʻrisida, (d) Mijozlar 
nomidan yoki uning foydasiga banklararo operatsiyalar va bitimlar toʻgʻrisida, (e) banklar 
oʻrtasida bank sirlarini tashkil etuvchi ʻma’lumotlarning aylanishi natijasida ma’lum boʻlgan 
boshqa bank Mijozi toʻgʻrisida, (f) jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi ishtirokchilari toʻgʻrisida, 
pensiya badallari, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi 
pensiya jamgʻarmalari miqdori va hajmi toʻgʻrisidagi ʻma’lumotlar. 
2.2.7. Bank mahsuloti - Mijoz tomonidan Bank tomonidan taqdim etiladigan har qanday 
bank mahsuloti, shu jumladan onlayn mikrokreditlar, maoshga asoslangan mikrokarz va 
boshqalar. 

Download 439.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling