Tasdiqlangan "tbc bank" atbning 2022 yil 19 maydagi 18-sonli Boshqaruv bayonnomasi bilan Boshqaruv Raisi Tetrashvili S. “tbc bank” atb bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etilishi boʻyicha bosh shartlar


Download 439.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/52
Sana27.03.2023
Hajmi439.33 Kb.
#1301033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
tandc-finaluzbclean-2

1.2.10. Ushbu BShni tasdiqlash/qabul qilish orqali Mijoz Bankka har qanday mumkin 
boʻlgan kanallar orqali Mijoz tomonidan taqdim etilgan va / yoki uchinchi shaxslardan olingan 
istalgan ma’lumotni Mijoz tekshirishi mumkinligiga rozilik beradi. 
1.2.11. Mazkur BShni tasdiqlash/qabul qilish orqali Mijoz bank hisobvaragʻini ochishga 
oʻz roziligini beradi va bildiradi. 
1.2.12. Zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablari 
asosida ma’lum bir bank xizmatini olish uchun Mijoz Bankka hujjatlarning asl nusxalarini yoki 
ularning notarial tasdiqlangan nusxalarini taqdim etishi shart.
1.2.13. Mijoz Bankka taqdim etilgan har qanday hujjatlarning haqiqiyligi, ishonchliligi, 
toʻgʻriligi, asosliligi va toʻgʻriligi uchun shaxsan javob beradi.
1.2.14. Bank Mijozdan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan tartibda 
boshqa mamlakatda berilgan hujjatlarni tarjima qilish, apostil qoʻyish yoki qonuniylashtirishni 
talab qilishga haqlidir. 
1.3. 
Bank Mijozga ushbu BSh da koʻrsatilgan barcha bank xizmatlarini faqat naqd 
pulsiz shaklda, kassa operatsiyalarni amalga oshirmasdan taqdim etadi. 
 
1.4. 
Bank OFAC, FATF, YI (EC), BMT (UN), Fransiya sanksiyalar roʻyxati (Iqtisodiyot 
va moliya vazirligi), shuningdek, Buyuk Britaniyaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan jismoniy 
va yuridik shaxslar bilan biznes munosabatlarga kirishmaydi. 
 
1.5. Bank oʻz faoliyatini amalga oshirishda amaldagi sanksiyalar rejimlariga muvofiq 
yuridik yoki jismoniy shaxs bilan mijoz yoki kontragent munosabatlarini oʻrnatmoqchi yoki 
qoʻllab-quvvatlamoqchi emas. Xalqaro sanksiyalar talablariga javob berish maqsadida Bank 
biznes hamkorlari, mijozlari, ularning vakolatli shaxslari, benefisiar egalari va kontragentlarining 
bitimlari boʻyicha sanksiyalar ro‘yxatiga muvofiqligini lozim darajada tekshiruvini amalga 
oshiradi. 

Download 439.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling