Tasdiqlangan "tbc bank" atbning 2022 yil 19 maydagi 18-sonli Boshqaruv bayonnomasi bilan Boshqaruv Raisi Tetrashvili S. “tbc bank” atb bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etilishi boʻyicha bosh shartlar


Agar mijozning shaxsini tasdiqlash muvaffaqiyatli boʻlmasa, bank oʻz xizmatlarini  taqdim etmasligi mumkin.  9.8


Download 439.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/52
Sana27.03.2023
Hajmi439.33 Kb.
#1301033
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Bog'liq
tandc-finaluzbclean-2

9.7. Agar mijozning shaxsini tasdiqlash muvaffaqiyatli boʻlmasa, bank oʻz xizmatlarini 
taqdim etmasligi mumkin. 
9.8. Bank va uning xodimlari mijozning shaxsini aniqlash va tekshirish maqsadida mijozni 
shaxsan suratga olish huquqiga ega. Identifikatsiya va tekshiruvdan oʻtish bosqichida mijoz 
suratga olishdan bosh tortgan taqdirda, Bank mijozga bank xizmatlari koʻrsatilishini rad etishga 
haqli. 
 
10-bob. Tasdiqnomalar va kafolatlar 
 


ATB “TBC Bank”
“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari” 
32 
10.1. Mijoz Arizani imzolab/qabul qilib va/yoki har qanday bank xizmatlardan 
foydalanganda quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolatlaydi:
10.1.1. toʻliq ishga layoqatli shaxs boʻlib, arizani imzolash/qabul qilish, shartnomalar 
shartlarini va mazkur BSh ni bajarish vakolatiga egaligini;
10.1.2. Bankka taqdim etiladigan ʻma’lumotlar haqiqiy, ishonchli, toʻgʻri va aniqligini va 
taqdim etilgan barcha hujjatlar toʻliq va dolzarbligini;
10.1.3. Ushbu BShlarning xulosasi mijoz va / yoki unga bogʻliq boʻlgan shaxslarga 
nisbatan Bank va / yoki uchinchi shaxs tomonidan majburlash, aldash va / yoki tahdid qilish 
natijasi emasligini va Bank ushbu BShlarning va / yoki Mijoz bilan biron bir tegishli tuzilgan 
shartnomalar bajarilishida oʻz ta’siridan foydalanmaganligini; 
10.1.4. Mijoz toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita biron bir noqonuniy faoliyatni amalga 
oshirmaydi (shu jumladan, ular bilan cheklanib qolmasdan, jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirish, qurol-yarogʻʻ muomalasi, giyohvand moddalar savdosi va / yoki 
terrorizm), bu har qanday yurisdiktsiya qonunlariga ziddir. 
10.1.5. Bank tomonidan mijozga taqdim etilgan barcha ʻma’lumotlar aniq va 
tushunarli;
10.1.6. Mijozning xohish-irodasini aniq ifoda etadigan, qabul qilinadigan aloqa kanallari 
orqali taqdim etiladigan elektron rozilik, shuningdek, Call-markazga murojaat etish orqali 
bildirilgan rozolik mijozning oʻz qoʻli bilan imzolagan qogʻoz hujjatlari bilan teng yuridik kuchga 
ega. 

Download 439.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling