Tasdiqlash haqida
shaxsiy kabinetni amal qilishini to‘xtatib turish
Download 100.14 Kb. Pdf ko'rish
|
2926-сон 05.09.2017
shaxsiy kabinetni amal qilishini to‘xtatib turish — soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati
organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishdan voz kechish; (1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16- mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot; yagona identifikatsiya qilish tizimi — jismoniy va yuridik shaxslarni haqiqiy identifikatsiya qilishni, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini ta’minlovchi davlat axborot tizimi. 2. Shaxsiy kabinetni qo‘llash quyidagi maqsadlarga qaratilgan: Oldingi tahrirga qarang. soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishida zamonaviy axborot- texnologiyalaridan keng foydalanish; (2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh- sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) soliq to‘lovchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz xizmat ko‘rsatish; soliq to‘lovchilarga davlat xizmatlaridan foydalanishida qulayliklar yaratish; soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda hujjatlar aylanish mexanizmini soddalashtirish va tezkorligini oshirish; soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilashni ta’minlash. Oldingi tahrirga qarang. 3. Soliq to‘lovchida shaxsiy kabinet mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq to‘lovchi va davlat soliq xizmati organi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724- son) Download 100.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling