Tasdiqlash haqida
-bob. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetini shakllantirish va undan foydalanish
Download 100.14 Kb. Pdf ko'rish
|
2926-сон 05.09.2017
2-bob. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetini shakllantirish va undan foydalanish
4. Shaxsiy kabinet jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs soliq to‘lovchi sifatida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida avtomatik rejimida shakllantiriladi. Shaxsiy kabinet soliq to‘lovchilar toifalari (jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar) uchun alohida shakllantiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, soliq to‘lovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs o‘z soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi o‘z huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 5. Soliq to‘lovchi faqat bitta shaxsiy kabinetga ega bo‘lishi mumkin. Soliq to‘lovchini hisobga olish joyidan qat’i nazar, uning davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlari bitta shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 6. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bunda davlat soliq xizmati organlari hamda soliq to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 7. Shaxsiy kabinetni aktivlashtirish yoki amal qilishini to‘xtatib turish uchun soliq to‘lovchi tomonidan tegishlicha ushbu Nizomning 1 , 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shakl bo‘yicha bevosita hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-sayti orqali Davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarni shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etadi. Ariza taqdim etilgan kundan boshlab shaxsiy kabinet aktivlashtiriladi (amal qilishi to‘xtatib turiladi). Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti aktivlashtirilganidan keyin to uning amal qilishi to‘xtatib turilguniga qadar davlat soliq xizmati organlari barcha hujjatlarni soliq to‘lovchiga faqat uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Soliq to‘lovchi hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga xuddi shunday tartibda yuboradi. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) 8. Shaxsiy kabinetga kirish soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi qo‘llanilgan holda yagona identifikatsiya qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda: soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi kaliti; soliq to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi kaliti; soliq to‘lovchi yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — yuridik shaxs vakilining elektron raqamli imzosi kaliti talab etiladi. 9. Agar jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organlarida yuridik shaxsning rahbari sifatida hisobda turgan bo‘lsa, ushbu jismoniy shaxs o‘z elektron raqamli imzosi kaliti bilan yuridik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling