Tasdiqlayma n” Toshkent davlat transport universiteti


Download 87 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi87 Kb.
#1378965
  1   2   3
Bog'liq
Киберспорт клуби Низоми


T A S D I Q L A Y M A N”
Toshkent davlat
transport universiteti
Yoshlar masalalari va ma’naviy-
ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi
prorektor ___________ D.X. Baratov
2023-yil “____” ____________


Toshkent davlat transport universitetida tashkil etilgan
Kibersport klubi to‘g‘risidagi
NIZOM

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom universitet huzuridagi kibersport klubining (keyingi o‘rinlarda kibersport klubi deb ataladi) huquqiy maqomi, maqsadi va asosiy vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kibersport klubiga nom berish talabalarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.

2-BOB. KIBERSPORT KLUBINING MAQSADI
VA ASOSIY VAZIFALARI
3. Kibersport klubining maqsadi universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional kibersportga yo‘naltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirish iborat.
4. Kibersport klubining vazifalari quyidagilardan iborat:
talabalar o‘rtasida kibersport turlari bo‘yicha jamoalar tashkil etish, ular o‘rtasida turli kibersport musobaqalari va turnirlarini, xususan “Talabalar ligasi” tashkil etish orqali iste’dodli yosh kibersportchilarni aniqlash;
universitetda iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va kibersport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar hamda respublika oliy kibersport mahorati maktablari kibersport zaxirasini shakllantirish, shuningdek kibersport musobaqalarida ishtirok etish uchun kibersport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish;
kibersport jarayoniga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilg‘or tajribani joriy qilish.


Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling