Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov


Download 1.32 Mb.
bet28/36
Sana25.11.2021
Hajmi1.32 Mb.
#177111
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
maruza1

Nazorat savollari

  1. Access da hodisaning necha turi mavjud?

  1. Ma’lumotlar hodisalari qanday hodisa va unga qaysi hodisalar kira-di?

  1. Fokus hodisalari qanday hodisa va unga qaysi hodisalar kiradi?

  2. Klaviatura hodisalariga qaysi hodisalar kiradi?

  3. Sichqoncha hodisalariga qaysi hodisalar kiradi?

  4. Filtr va oyna hodisalariga qaysi hodisalar kiradi?

  5. Tarkibli hisobotlar qanday tayyorlanadi?

23-Mavzu: SQL TILIDA SO'ROVLAR YARATISH

13. SQL standartlari va tarkibi

Birinchi relatsion ma'lumotlar bazasini boshqarish tizim-lari (MBBT) IBM kompaniyasi tomonidan 1970-yil boshlarida yaratilgan. Xuddi o'sha vaqtlarda shu sistemalarda ishlashga mo'ljallangan ma'lumotlar till yaratilgan edi. Uni tajriba nusxasi SEQUEL (structured English query language — strukturalash-gan inglizcha so'rovlar tili) keyinchalik bu qisqartma ixcham-lashtirilib, SQL (structured query language) deb nomlandi. Aniq qilib aytganda bu MBBT qism tili hisoblanadi, chunki, MBBT boshqa til vositalariga ham ega. 1981-yilda IBM relat­sion MBBT SQLIDS ishlab chiqdi. Xuddi shu vaqtda Rela­tive Software Inc (hozirgi ORACLE Corporation) kompaniyasi relatsion MBBTni chiqargan edi. Bu mahsulotlar ma'lumotlar bazasini boshqarishga mo'ljallangan tizimlarni standard bo'lib qoldi. Bu mahsulotlar tarkibiga SQL ham kiritilgan edi. SQL ma'lumotlari qism tili standartiga aylandi. Boshqa MBBT ishlab chiquvchilar opining SQL versiyasini ishlab chiqishdi. Ularda IBM mahsulotini asosiy imkoniyatlarigina bo'lmagan. O'zining MBBT ba'zi afzalligini ko'rsatish uchun ishlab chiquvchi­lar SQLning ba'zi kengaytmasini (qo'shimchasini) kiritdilar. Shu bilan birga hamma tan oladigan SQL standarti ustida ish olib borildi. 1986-yili Amerikaning milliy standartlar instituti (American National Standarts Institute ANSI) rasmiy SQL — 86 standartini chiqardi. U 1989-yili yangilandi va yangi SQL - 89 nomini oldi. 1992-yili bu standart SQL - 92 (ISO, IEC 9075:1992) deb nomlandi. Oxirgi SQL standartining versiyasi SQL - 2003 bo'lib hisoblanadi. SQL aniq MBBT amalga oshi-rilgani biroz standartdan farq qiladi, uni ishlab chiqaruvchi firmalarni o'zi e'lon qiladi. Masalan, ko'p MBBT (masalan, Access 2003, Postqre SQL - 7,3) SQL - 92 ni to'laligicha ta'minlamaydi. Ular standartga kirmagan elementlarni ham o'z ichiga oladi. Lekin MBBTni ishlab chiquvchilar ko'proq stan­dartga mos kelishiga harakat qiladilar.

SQL yaratilayotganda, oddiy, tabiiy tilga yaqin relatsion ma'lumotlar bazasi so'rovlar tili sifatida loyihalangan.

SQL tili deklarativ (tavsiflovchi) til hisoblanadi, shu bilan u dasturlash tillaridan farq qiladi. Buning ma'nosi SQL tilida beriladigan ifodalar nima qilish kerakligini tavsiflaydi, ya'ni uni qanday bajarish kerakligini ko'rsatmaydi.

Hozirgi kunda SQL tilining ikkita ko'rinishi mavjud va ish-latiladi:



  • interaktiv SQL;

  • qurilgan (kiritilgan) SQL.

Interaktiv SQL interaktiv rejimda foydalanuvchilarni SQL so'rovlarini berish va natijalarni olishda ishlatiladi.

Qurilgan yoki kiritilgan SQL odatda birorta dasturlash tilida (C, C++ va boshq.) yozilgan dastur ichiga kiritilgan SQL ko-mandalaridan tashkil topadi. Bu esa tilni ishlatadigan dasturlarni relatsion ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar bilan ishlashida moslashuvchanlikni va samaradorligini ta'minlaydi. Lekin bunda kiritilgan tilda qo'shimcha interfeys vositalar talab etiladi.

SQL tilining tarkibiy qismlari. Interaktiv va qurilgan SQL quyidagi tarkibiy qismlarga ega:


  • Ma'lumotlarni aniqlash tili - DDL (Data Definition Lan­guage). Bu til ma'lumot bazasining har xil obyektlarini (jadval, indekslar, foydalanuvchi va boshqalarni) yaratish, o'zgartirish va olib tashlash imkonini beradi. DDL kiruvchi operatorlarga misol sifatida CREATE TABLE (jadval yaratish), CREATE SCHEMA (sxema yaratish) va boshqalar kiradi.

  • Ma'lumotlar bilan manipulatsiya qilish tili — DML (Data Manipulation Language) ma'lumotlar bazasi bilan ish-lashni ta'minlashga mo'ljallangan til hisoblanadi. Ularga jad-valdan ma'lumotlarni tanlash (SELECT), qo'shish (INSERT), o'zgartirish (UPDATE), olib tashlash (DELETE) kabi koman-dalar kiradi.

  • Ma'lumotlarni boshqarish tili — DCL (Data Control Lan­guage) bu til ma'lumotlar bazasini har xil o'rinsiz zararlanishlar-dan saqlashga mo'ljallangan.

So'rovlar yaratishning ba'zi qoidalari: SQL tilida ifodalarda kalit so'zlar kichik va katta harflarda yozilishi mumkin. Ifoda­lar bitta yoki bir nechta satrda yozilishi mumkin. Ifoda yakuni-da «;» belgi qo'yiladi. Agar SQL komandasini bir necha bloki yozilsa, ular bir-biridan «;» bilan ajratiladi. Barcha SQLning kalit so'zlari (komandalari, operatorlari va boshqalar) faqat xizmatchi so'z sifatida ishlatilishi mumkin, boshqa maqsadlarda, ya'ni jad­val nomi, ustun nomi, o'zgaruvchi va boshqalar sifatida ishlatish mumkin emas. SQL operatori xizmatchi so'zlar va foydalanuvchi qo'llaydigan so'zlardan tashkil topadi.

Xizmatchi so'zlar SQL tilining doimiy qismi bo'lib, ular aniq qiymatga ega. Ularni standartda ko'rsatilgandek yozish kerak va ularning bir satrdan ikkinchisiga ko'chirish uchun bo'linmaydi. Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan so'zlar, foydalanuvchi to-monidan ma'lum sintaksis qoidalari asosida beriladi. Ular o'z navbatida ma'lumot baza obyektivlarining har xil nomlaridan iborat bo'ladi (jadval, ustun, tasvirlar, indekslar va h.k.). Opera-tordan so'zlar o'rnatilgan sintaksis qoidalariga moslab joylashtiri-ladi. Til standartida bu ko'rsatilmagan bo'lsa ham, SQL tilining dialektlarida (ko'rinishida) matn tugallanganligini bildiruvchi belgi, ko'pgina hollarda nuqtali vergul «;» ishlatiladi.

SQL operator komponentalari ko'pchiligi registrga bog'liq emas, ya'ni ixtiyoriy har qanday katta va kichik harflar ishlatili-shi mumkin. Bularda bitta istisno bor. Bu istisno simvolli literal-larga tegishli. Ularda literal ma'lumotlar, ularga mos bo'lgan ma'lumotlar bazasidagi qiymatlar qanday saqlansa shunday yo-zilishi kerak. Masalan: agar ma'lumotlar bazasidagi familiyaning qiymati «SWITH»_ko'rinishida bo'lsa, qidirish shartida «swith» simvol literal ko'rinishda berilsa, bunga tegishli yozuv hech qa-chon topilmaydi.


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling