Tasdiqlayman 1-dmtt direktori Hasraeva L. R angren shahar mtb tasarrufidagi


Download 39.8 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi39.8 Kb.
#1818788
  1   2   3
Bog'liq
Zumrad qish”.




Tasdiqlayman
1-DMTT direktori
______Hasraeva L.R
Angren shahar MTB tasarrufidagi
1-sonli DMTT tarbiyachisi
Tursunmatova M.Sh ning
“”Zumrad qish”.
Konstitutsiya kuni.
mavzusida ochiq
mashg’ulot ishlanmasi


Oy mavzusi:”Zumrad qish”. Konstitutsiya kuni.
Hafta mavzusi:”Qish”.
Dekabr oyining 1- haftasi.
Guruh: Tayyorlov.
Faoliyat turi: Elementar matematika.
Mavzu: ”Zumrad qish qirolligiga sayohat”.
Maqsad: Bolalarning matematik bilimlarini va qish to‘g‘risida olgan bilimlarini mustahkamlash.
Ta’limiy maqsad: 1-15 gacha bo‘lgan sonlarni mustaxkamlash. Matematik tasavvurlarda olingan bilimlarni ochib berish. Qo‘shish va ayirishdagi matematik muammolarni hal qilish.
Tarbiyaviy maqsad: Qiziquvchanlikni va o‘zaro yordam berishni o‘rgatish. Matematikaga bo‘lgan qiziqishni va o‘zaro yordam, nazoratini tarbiyalash. Ob’ektni o‘lchamlar bilan taqqoslash.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarning diqat, xotira, fikirlash, qobilyatlarini rivojlantirish. Qorparchalarini kesish va yasash qobiliyatini rivojlantirish.
Davlat talabi: Tayyorlov guruhda lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni bolalarga singdirish.Bola qiziquvchan, intiluvchan,faol, bilishga qiziqish bildiradi, elementar matematik malakalarga ega, sog‘liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi, hayot xavfsizligi qoidalari haqidagi tushunchaga ega,atrofdagi borliqni ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega.
Kerakli jihozlar: Notbook, vazifali sharlar bilan archa, raqamlar, sambufer, chip, qalam, qaychi, qog‘oz, qorparchalar, yaltiroqlar, Qishmomo, topishmoqlar, maqollar, tez aytishlar, vazifalar.
Faoliyatning borishi: Tashkiliy daqiqa.
Tarbiyachi: Salom bolalar (salom). Bolalar, biz bugungi o‘yinimizni topishmoqdan boshlaymiz. Diqqat bilan quloq tuting!
SHamol kabi elib kelar,
Uch otli oq aravalar.
Aravada o‘tiradi,
YUzi qirmiz oq malika
YUrgan izi kumush bo‘ldi,
Dala-dashtlar oq bo‘ldi.
Bu nima bolajonlar.....? (qishning uch oyi: dekabr, yanvar, fevral va Zumrad qish)
Tarbiyachi: To‘g‘ri bolajonlar, Zumrad qish bizga xat yo‘llabdi. Kelinglar uni o‘qib ko‘ramiz. “Salom bolalar! Barchani qirolligimga taklif qilaman. Ammo yo‘l oson emas. Sizlar uchun qiyin bo‘ladi. Sizlarga yo‘lni qorparchalari ko‘rsatadi. Men hammangizni kutaman va sizlarga syurprizlar tayyorlab qo‘yaman”. Bolalar biz sizlar bilan hozir Zumrad qish qirolligi qishki o‘rmoniga tomon yo‘lga tushamiz.
1 Qorparcha
-Mana bizga birinchi qorparcha ham uchradi. Unda biz bajaradigan vazifa bor ekan. Qani olib undagi yozuvlarni o‘qib ko‘raylikchi.
Aziz bolajonlar Zumrad qishning tabiat o‘zgarishlarini aytib bering? (Bolalar javoblari)

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling