Tasdiqlayman” 15—umumta`lim maktab direktori Q. Kalonov “31” avgust 2020 yil
Download 0.97 Mb.
|
2 5327808885174568757
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisod va soliq alifbosi—10 soat
- Fan tarkibida “Hayotxavsizligi” asoslarimаvzulari Fan tarkibidagimavzular
- Konstitutsiya alifbosi-10 soat
- Salomatlikdarslari—17 soat
- Tejamkorlik saboqlari Fanlar
- Tarbiyaviy soatlarda
- II-bob. Elektrbilanhayotimizcharog’on (6 soat) Tarb.soat
- Tarb.soat 7.Televizor-oynai jahon Tarb.soat
- Tarb.soat 9.Zamonaviy mustaqilmarkaz Tarb.soat
- III-bob. Gaz-tabiyboyligimiz (6 soat) Tarb.soat
- Ta’lim bosqichi Bitiruvchilar Standart darajasi
- Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
- Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi
- Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari
- Lingvistik kompetensiya
“TASDIQLAYMAN” 15—umumta`lim maktab direktori Q.Kalonov “31” avgust 2020 yil O’zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Buxoro tumani XTB ga qarashli 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Qudratova Shaxnozaning 3-sinflar uchun yillik-taqvim mavzuiy ish rejasi Ko`rildi : O`TIBDO` G.Rahmonova Tekshirdi:M/B rahbari Sh.Qudratova “Сен –қудрат манбаи, саодат маскани, жонажон Ўзбекистоним!” “Наша сила, наше счастье в тебе, родной Узбекистан!” Iqtisod va soliq alifbosi—10 soat
“Hayot xavfsizligi” asoslari o’quv rejasi-17 s
Konstitutsiya alifbosi-10 soat
Salomatlikdarslari—17 soat
Tejamkorlik saboqlari
\ 1-§. Ona tili fani Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) ona tili fanini o‘qitish bosqichlari
Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish; ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari 1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): A1 Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; matnni tushunib o‘qiy oladi; og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi; 65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi; do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi. A1+ sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi; 70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi. 1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid): A1 ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi; mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. A1+ so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling