"tasdiqlayman" 2-son "Olmaxon" mtt direktori


Download 16.64 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi16.64 Kb.
#1196487
Bog'liq
8март cценарийси


“TASDIQLAYMAN”
2-son “Olmaxon” MTT direktori
___________R.Maxmudova
8-martga bag’ishlangan tadbir senariy
Zal bayramona bezatilgan.Gullar, sharlar ilingan.Katta harflar bilan “O'zbegimning jajji qizlari” deb yozilgan.O’quvchilar chiroyli kiyingan.”Sen baribir muqaddasan ayol”qo’shig’I bilan sahnaga o’quvchilar kirib keladilar.
1-boshlovchi:Salqin saharlarda,bodom gulida,
Binafsha labida,yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi
Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.

2-boshlovchi:Assalomu alaykum ,munis onajonlar,go’zal va lobar qizlar.Mana,o’lkamizga bahor fasli kirib keldi .Bahor faslida nishonlanadigan bayramlardan biri 8-mart xotin –qizlar bayramidir.


1-boshlovchi:Bugun shu bayram munosabati bilan tadbir tashkil qildik .Marhamat tomosha qiling.
Sahnada “Bahor valsi”kuyiga raqsga kichik guruh qizlari ijrosida
1-boshlovchi;Hozirgi navbat kichik guruh ijrosida she;rlarga

Ibrohim; Husn-u malohatning tengsiz timsoli,


Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.
Farishtaga o’rnak oydek jamoli,
Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli.
Elzara; Sen uchun farzandning baxti bo;lsa bas
O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.

Har kiygan libosing malaklarga xos


Muqaddas, azizsan- o’zbek ayoli.
E’zoza; Sen uchun boshimiz egikdir mudom,
Sen uchun yurakda,dilda ehtirom,
Nomihg aytsam,jaranglar bir nom
Aziz va munissan-o’zbek ayoli.

1-boshlovchi: Har bir insonni ONA voyaga yetkazadi.Xatto buyuk insonlarni ham ONA dunyoga keltirgan.G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyni ham ONA dunyoga keltirgan.Alisher Navoiyni onasi uchun atalgan she’rni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov yozgan.O’rta guruh tarbiyaluvchilari ijrosida.

Alisherning onasi
Kamoliddin; Bilmam qanday ayol bo’lgan
Alisherning onasi
Balki unung aqliga ham
Lol qolgan zamonasi.
Laziza; Balki uning ko’zlarida
Bo’lgan og’ir bir hayol.
Balki g’amgin bir zotdir u,
Balki sho’hchan bir ayol.
Holida; Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar.

Balki tunlar unga bedor


Aytib bergan ertaklar.
Alijon; Mayliga, u kim bo’lmasin,
Yolg’iz bir so’z ma’nosi:
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.
(o’g’I bolalar va qizlar ijrosida vals)
1-boshlovchi; endigi navbat o’rta guruh ijrosida Buvijonim qo’shig’i.
Bolajonlarimiz o’zlarining qo’llari bilan buvijonlariga kim birinchi sovg;a tayyorlash.
2-boshlovchi;Endigi navbat kata guruh tarbiyaluvchilari hikmatli so’zlar.
Onalar haqida 10 hikmat

Sabrina ; Farzand uchun ona og’ushidan yahshiroq ,yoqimliroq va sevimliroq joy yoq.


Muhammadlon; Dunyoda hech bir gul onaning bolaga qilgan tabassumidan chiroyli emas.
Nigina; Onaning bir qo’li beshikni, ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi.
Johongir; Sharaf tojini istama,onang roziligini izla.
Shabbona; Ona –quyosh,uning mehr tafti hech qachon sovutmaydi.
Qizbolalar o’rtasida harakatli o’yinlar.
2-boshlovchi;Hozir gi navbat 1-katta guruh bolalari ijrosida Onalar haqida qo’shiq “Oyijon-oyijon”
1-boshlovchi: Onalar haqida qancha gapirmaylik ‘qanchalik e’zozlasak shuncha oz.
2-boshlovchi; Hozirgi navbat qissa guruh bolalari ijrosida “сhoy honachi raqsiga»
1-boshlobchi;Tayyorlov guruh bolalari ijrosida she’rlarga marhamat;

Nigina; Bahor keldi gul bilan ,shohida bulbul bilan


Onajonlar tabriklaymiz,bugungi ayyom bilan.
Ozodbek; Quyosh kulib boqqan kun ,bahor tanga yooqqan kun.
8mart bugun onajonlar bayrami.
Shodiya; biri gul biri bulbul, o’g’il qizlar shod bugun,
Dilidan gul tutadi ,mexribon ona uchin.
Bolajonlar onajonim yaxshilar qo’shig’ini aytib berdilar so’ng Binafsha raqsiga tushdilar.
1 boshlovchi; 2tayyorlov guruh bolalari o’zlarining tayyorlab kelgan onalar haqidagi cahna ko’rinishini ijri etdilar.
O’g’il bolalar Qari navo raqsiga tushib berdilar.
O’il bolalar o’rtasida harakatli o’yinlar.

2-boshlovchi:Bayramingiz muborak bo’lsin,aziz va mehribon buvijonlar,onajonlar hamda opa-singiljonlar!Baxtimizga hamisha sog’-omon bo’ling,chehrangisdan quvonch, yuzingizdan doimo tabassum, mehr to’la ko’zlaringizdan baxt ,shodlik yog’ilib tursin.


Aziz onalar va opa-singillar bugungi 8-martga atalgan kechamiz ham o’z nihoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 16.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling