CHORA-TADBIRLAR DASTURI(Asos: Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedogogik respublika tashxis markazining 2020-yil 29-avgustdagi 01-14-sonli
№
|
Tadbirning nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Bajarish muddati
|
Ijro uchun ma’sullar
|
1.
|
Voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligini saqlash;
Voyaga yetmagan shaxslarning “Men”ligini shakllangan darajasini oʻrganish orqali oʻz-oʻzini reproduktiv sog’lig’ini nazorat qilishga oʻrgatish.
|
1.Ta’lim muassasasida voyaga yetmagan shaxslarning reproduktiv salomatligi haqida bilimlarini boyitish orqali oilaviy hayotga tayyorlash uchun ijtimoiy psixologik tadbirlar tashkil etish.
2.Psixologik yondashuv asosida yakka tartibda va guruhlar bilan reproduktiv salomatlik yo’nalishida suhbatlar tashkil etish.
3.Gender psixologiyasi mohiyatidan kelib chiqib,”Shaxs o’z reproduktiv salomatligini nazorat qilish” mavzusida davra suhbatini tashkil etish.
|
2021-2022-yillar
har chorakda
|
maktab amaliyotchi psixologlari
|
2.
|
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida depressiya va stress holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va uni yengish usullari toʻg’risida tushuntirish ishlari olib borish..
|
1.Voyaga yetmaganlarning oila va jamiyatga foydali ishlar bilan mashg’ul etish,ularning faoliyati odamlarga zarurligini namoyon etish orqali ularga yashashga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
2.Turli mashhur badiiy asarlarni psixologik muhokama orqali oilaviy hayotga tayyorlashni samaradorligini oshirish.
3.Oilaviy hayot tajribasiga ega oila rahbarlari bilan bevosita muloqotni tashkillashtirish.
|
.
2021-2022-yillar
har chorakda
|
maktab amaliyotchi psixologlari
|
3.
|
Jismonan va ruhan sog’lom voyaga yetish uchun reproduktiv salomatlik va yoshlar bilan ishlashning psixologik asoslarini takomillashtirish.
|
1.Mavjud muammolardan kelib chiqib,ota-onalar yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlar o’tkazish hamda ularning mutaxasis maslahatlarini berish.
2.Ijtimoiy tarmoqlar orqali vebinarlar tashkil etish hamda telegram rasmiy kanallar orqali maslahatlar berib borish.
|
2021-2022-yillar
har chorakda
|
maktab amaliyotchi
psixologlari
|