«Tasdiqlayman» 4- dmtt direktori


V. Mehnat shartnomasi tomonlar o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish


Download 28.01 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi28.01 Kb.
#1513587
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-DMTT ICHKI QOIDA2023

V. Mehnat shartnomasi tomonlar o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish.
5.1.Har bir xodim qonunchiliklarda, mazkur Qoidalarda, muassasaning boshka hujjatlarda va mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan, sudda himoya qilish, shuningdek, kasaba uyushmalari va boshqa vakolatlari organlarida malakali yuridik yordam olish huquqiga egadir.
5.2.O‘zining huquqlarini buzilgan deb hisoblovchi xodim mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi ko‘mitasi orqali ish beruvchiga og‘zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishga haqlidir. Xodimning murojaati mazkur Qoidalarining 2.5-bandida ko‘zda tutilgan tartibda ro‘yxatga olinishi kerak.
5.3.Yozma javob xodimga uning murojaati mohiyatiga ko‘ra bevosita ko‘rib chiqilganidan keyin yuboriladi.
Mehnat sharoitlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi murojaati javob xodimga bunday o‘zgarishga bo‘lgan xuquq qonunda ko‘zda tutilganday uch kundan kechiktirmay jo‘natilishi kerak.
Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida ko‘rsatilgan xoldagi ixtilof paytida yoki ish beruvchining javobidan qoniqmaganda xodim o‘zining tanlashiga ko‘ra mehnat intizomini hal etish uchun mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga(bundan keyin-MNK) yoki bevosita sudga, shuningdek, vakolatiga muassasa xodimlarini himoya qilish kiradigan kasaba uyushma komissiyasiga murojaat qilishga xaqlidir.
5.4.Xodim tomonidan berilgan ariza MNK da ro‘yxatga olinadi va ariza bergan xodim ishtirokida u berilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi. Xodimning arizasini ko‘rib chiqishda ishtirok etmasligiga faqat uning yozma arizasiga ko‘ra yo‘l ko‘yiladi. Komissiyaning majlisiga xodim uzrli sabablarsiz kelmagan takdirda mazkur arizani ko‘rib chiqmaslik to‘g‘risida qaror qabul kilinishi mumkin, bu esa xodimning qaytadan ariza topshirish hukuqidan mahrum qilmaydi.
5.5.Mehnat nizolari komissiyasi qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi MNK ning ko‘chirma nusxasini olgandan keyin 10 kun ichida sudga murojaat qilishi mumkin.
5.6.Xodim sudga yoki mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga quyidagi muddatlarda murojaat qilishga haqlidir:
- ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan boshlab ko‘pi bilan bir oy ichida;
-boshqa nizolar bo‘yicha-xodim o‘z huquqining buzilgani to‘g‘risida bilgan yoki bilish kerak bo‘lgan kundan boshlab 3 oydan kechiktirmay;
-xodimning sog‘ligiga yetkazilgan zararni tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish muddati belgilanmaydi.
- mazkur bandda ko‘rsatilgan muddatlarni uzrli sabablar bilan o‘tkazib yuborilgan taqdirda ular sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan tiklanishi mumkin.

Download 28.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling