Tasdiqlayman” 6-sonli umumiy o`rta ta`lim maktab direktori


Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari: T.Qurbonova


Download 171.5 Kb.
bet3/11
Sana14.02.2023
Hajmi171.5 Kb.
#1197339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fan oyligi tadbir rejasi

Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari: T.Qurbonova
D.Xo`jaqulova
N.Ochildiyeva
Jarqo`rg`on tumanidagi 6-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida
2020 yil 8 Dekabrda 6-sinflarda ona tili fanidan “Ona tilim jonu dilim” mavzusida o`tkazilgan davra suhbati


BAYONNOMASI

2020-yil 8-Dekabr Jarqo`rg`on tumani


Qatnashdilar: 6-sinf o`quvchlari, ona tili va


adabiyot fani o`qituvchilari
2020 yil 8 Dekabr kuni 6-sinf o`quvchilari o`rtasida ona tili fanidan “Ona tilim jonu dilim” mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbati xar bir sinf xonada tashki etildi. Sinf o`quvchilari davra suhbatida bukletlar, she`rlar aytishib faol ishtirok etishdi. 6-sinfga dars beradigan fan o`qituvchilari mavzuga oid ma`lumotlarni berib o`tishdi. 1989 yil 21 Dekabr O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun. O`zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub ekanligi, til millat ko`zgusi, til ijtimoiy xodisa, til insonlar o`rtasidagi muomila munosabati ekanligini aytib o`tishdi. Bundan tashqari bu yil o`zbek tilining 31 yilligi Respublikamizda keng miqyosda nishonlanganligi va muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o`zbek tiliga alohida e`tibor berish kerakligi ona tili Respublikamizda alohida fan sifatida kiritilishini alohida takidlab o`tganliklari haqida o`quvchilarga ma`lumot berdilar. Davra suhbatida barcha sinf o`quvchilari ona tili haqidagi fikr mulohazalarni birin ketib bayon etdilar.
Davra suhbatini o`tkazishdan asosiy maqsad o`quvchilarni tilga bo`lga e`tibori, e`zozini bilish va uni yuksak qadrlay olish fikrini bilishdan iboratdir.
Ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari: R.Hamzayeva
D.Xo`jaqulova
T.Qurbonova


Jarqo`rg`on tumanidagi 6-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida
2020 yil 13 Dekabrda 8-sinflarda ona tili fanidan “Ona tiliga e`tibor” mavzusida o`tkazilgan davra suhbati


BAYONNOMASI

2020-yil 13-Dekabr Jarqo`rg`on tumani


Qatnashdilar: 8-sinf o`quvchlari, ona tili va


adabiyot fani o`qituvchilari
2020 yil 13 Dekabr kuni 8-sinf o`quvchilari o`rtasida ona tili fanidan “Ona tiliga e`tibor” mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Davra suhbatini ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari Islomqulova Ozoda, Ochildiyeva Nasiba va Hamzayeva Rayhonalar olib borldilar. Davra suhbatiga barcha sinf o`quvchilari faol ishtirok etishdilar. Davra suhbatini ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Islomqulova Ozoda o`zining “Ona tiliga e`tibor” mavzusidagi ma`ruzasi bilan boshlab o`zbek tilining leksikasi, fonetikasi, gramatikasi va uslubiyati bo`yicha asosiy tushunchalar haqida gapirib muborak hadisu shariflarda “Kishining zebu ziynati, go`zalligi uning tilidadir, “Odobning boshi til” ekanligini Mahmud Qoshqariy bobomiz maqol tarzida qayd qilganligini bizning madaniyatimizda latif so`zga oshiftalik, nutq latofatidan zavqlanish, ona tilida ta`sirli nutq ayta oluvchiga ayricha havas bilan qarash azaliy urflardan hisoblanganligi haqida aytib o`tdi.
So`ngra davra suhbatiga 8- “A” sinf o`quvchilaridan Xolmatov I, Chorshanbiyeva Z, Jo`rayeva R, Umarov J, Doniyorov E, 8-“B” sinf o`quvchilaridan Toshmamatova P, Xoliqova H, Xurramova N, Xolnazarov M, Saodatosh Sh, 8-“V” sinf o`quvchilaridan Norboyeva M, Qarshiyeva F, Qarshiyeva M, Mengliyev K, Xo`shboqob Islomlar ona tili haqidagi o`z fikrlarini bayon etdilar.
Davra subatini o`tkazihdan asosiy maqsad, barcha xalqlar o`rtasidagi muomila vositasi ona tili ekanligini har bir millat va elat o`z tilini yo`qotmasligi va ushbu tilini hurmat qilishni bilishdan iboratdir. Davra suhbati mazmunli va qiziqarli o`tdi davra suhbati o`quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling