Tematik reja va ishlab chiqarish ta`limi dasturi.
№
t/r
|
Mavzu
|
Soatlar
|
1
|
Xavfsizlik bo`yicha yo`riqnomalar va ishlab chiqarish bilan tanishish.
|
8
|
2
|
Chilangar ta`mirchilik ishlari.
|
10
|
3
|
Bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha ko`nikmalarni shakillantirish.
|
12
|
4
|
O`qituvchi nazorati ostida bosim ostida ishlaydigan idishlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilish ishlari bo`yicha mustaqil ish.
|
16
|
Jami:
|
46
|
Ishlab chiqarish bo`yicha o`quv dasturi
Mavzu 1. Xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnoma va ishlab chiqarish bilan tanishish.
Xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnoma. (sexnig MTX tomonidan amalga oshiriladi).
Xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni ajratish. Fabrika, sex, bo`limlar bilan tanishish hamda ichki mehnat tartibi qoidalar va ish rejimlari bilan tanishish. Idishlarning ishlashi, ish joyidagi asbob uskunalar, materiallar bilan umumiy tanishish.
Xizmat ko`rsatuvchi shaxsning majburiyatlari va javobgarligi. Ishlayotgandagi ehtiyotkorlik choralari. Ishni boshlashdan oldin ish joyini qabul qilish va ish tugaganidan keyin ish joyini topshirish qoidalari. Yong`inlarning asosiy sabablari. Yong`in hodisalari. Yong`inni o`chirish vositalari. Yong`inga qarshi vositalarning saqlash joylari.
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun malaka xususiyatlari, dasturi va tartibi bilan tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |