Tasdiqlayman” Buxoro davlat universiteti birinchi prorektor A. A. Amonov


Download 21.96 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1778957
Bog'liq
Жиноят муҳокама Нозмера


TASDIQLAYMAN”
Buxoro davlat universiteti
birinchi prorektor
_________________A.A.Amonov

------” ------------- 2023-yil


Buxoro davlat unitversiteti Axborot texnologiyalari fakulteti 2-bosqich talabasining o‘z joniga qasd qilishga urinishi bilan bog‘liq o‘tkazilgan yig‘ilish

BAYONNOMASI.



2023 yil 12 noyabr

Buxoro shahri

Yig‘ilish raisi: O.X.Xamidov – BuxDU rektori
Qatnashdilar:
R.D.Yusupov - Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik, SH.Qurbonov – Profilaktika inspektori mayor, SH.Raxmatova - Profilaktika inspektori leytenant, F.Karimov – BuxDU Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi, R.Karimov – Yoshlarni ma’naviy yuksaltirishga kо‘maklashish departamenti boshlig‘i, F.Nuriddinov - Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi sektor bosh mutaxassisi, U.Hayitov - Axborot texnologiyalari fakulteti Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan о‘rinbosari, F.A.Olimova - Axborot texnologiyalari fakulteti tyutori.


KUN TARTIBI:

  1. Axborot texnologiyalari fakulteti 2-bosqich talabasi Beshimova Nozmera Bekmurod qizining о‘z joniga qasd qilishga urunish holati muhokamasi



Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan Buxoro davlat unitversiteti rektori O.Xamidov kirish sо‘zi bilan boshlab, bugungi kunda talaba-yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatchilik, huquqbuzarlik hamda о‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish bо‘yicha psixolog, pedagog, shifokor, sotsiolog, suitsidolog kabi turli sohalarning mutaxassisлари bilan profilaktik tadbirlar reja asosida hamkorlikda tashkil etib kelinishi, suitsid – ijtimoiy kasallik, uni davolash uchun jamiyatning har bir a’zosi, oila, maktab, mahalla, ta’lim muassasasi, davlat va jamoat tashkilotlarining uyg‘unlikdagi faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish lozimligi borasida ta’kidlab о‘tildi. Shuningdek, yig‘ilishda hayotda hech bir inson hech qachon tushkunlikka tushmasligi, balki yaxshilikdan umidvor bо‘lib, doim harakatda bо‘lishi, ayniqsa bu kabi fojealar xotin- qizlar ichida kо‘p uchrab turishi achinarli holat ekanligi yig‘ilish ishtirokchilari bilan hamfikrlilik tariqasida ma’qullandi. Bundan tashqari, joriy yilning 3 sentabrdan “Xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tо‘g‘risida” О‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi. Bu qonun jamiyatimizdagi xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zо‘ravonlik man qilinishi haqidagi kо‘rsatmalarni qо‘llab-quvvatlaydi.
Yig‘ilish davomida sо‘z Buxoro shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik R.D.Yusupovga berildi. R.D.Yusupov yoshlar oldiga yuksak marralar va maqsadlar qо‘yib, о‘sha tomonga yetaklashimiz, kerakli yordamni berishimiz kerakligini hamda ularni turli zararli odatlardan saqlasak, bо‘sh vaqtlarini bilim о‘rganish, sport bilan shug‘ullanishga sarflasak, natija samaradorligiga erishishini ta’kidlab о‘tdi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yig‘ilish


QAROR QILADI:



  1. BuxDU rektorining axboroti ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Universitetda tahsil oluvchi barcha talabalarning psixologik portreti shakllantirilsin hamda xavf guruhiga kiruvchilar bilan yakka tartibda faoliyat olib borilsin (mas’ul: D.Hamdamova).

  3. Universitetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar о‘rtasida о‘z joniga qasd qilishni oldini olish borasida hamkor tashkilotlar bilan treninglar tashkil etilsin (mas’ul: O.Adizova, D.Hamdamova).

  4. Ushbu bayon ijrosini nazorat qilish Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha birinchi prorektor A.Amonov zimmasiga yuklatilsin.

Bayonlashtirdi:




Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB XPB
OTM profilaktika katta inspektori, mayor SH.Qurbonov
Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling