Tasdiqlayman chirchiq shahar 6 umumiy


Download 18.55 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi18.55 Kb.
#200449
Bog'liq
sunggi qungiroq tadbiri bayonnomasi





“TASDIQLAYMAN

Chirchiq shahar 6 – umumiy

o’rta ta’lim maktabi direktori: ____________ N.O.Irisov
25 – may 2019 - yil

Chirchiq shahar 6-umumta’lim maktabida o’tkazilgan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri


Bayonnomasi
Qatnashdi:


  1. Maktab rahbari: N.O.Irisov

  2. M.M.I.B.D.O’.: F.D.Ochilov

  3. O’.I.B.D.O’: G.E. Sobiriddinova

  4. 38- MFY raisi : Maxsunov Anvarxo’a

  5. 39 – MFY posboni:Mamanazarov Akmal

  6. 40 – MFY raisi:Mag’rubov Mirkomil

  7. Maktab kuzatuv kengashi raisi: Umarova Safura

  8. 50 nafar ota – ona, 19 nafar bitiruvchi va pedagogik xodimlar

Kun tartibi

1.Tadbirning ochilishi

2. Yil sarhisobi. O’quv yili davomida a’lo o’qigan va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan bitiruvchi o’quvchilarni taqdirlash

3. Badiiy – musiqali qism

2019-yil 25-may

Eshitildi
Tadbirni ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Hayitova Mohira olib bordi. Boshlovchi tadbirni she’riy deklomatsiya bilan boshlab , davraga tavtana sababchilari 11 – sinf bitiruvchilarini taklif qildi. Shundan so’ng madhiya ijro etildi.So’nggi qo’ng’iroq tadbirni ochib berish uchun navbat maktab rahbari N.O. Irisovga berildi.

Tabrik so’zi:

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, maktabimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlar, ,aziz ota - onalar va maktabimiz oquvchilari. Mana bugun 2018-2019-o’quv yili yakun topmoqda. Bu yilgi o’quv yilimiz juda ham omad va yutuqlarga boy yil bo’ldi. O’quvchilar Prizidentimiz siz yoshlarga juda katta imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Chunki sizlar jannatmakon O’zbekistonda tug’ilgansiz. Shuning uchun ham bu berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishingizni talab qilaman. Kelajakda sizlardan umidimiz juda katta. Shu fursatdan foydalanib xususan hamkasblarimga, barcha tashrif buyurgan mehmonlarga, ko’zi chaqnab turgan o’quvchi yoshlarga sog’lik salomatlik, omad, baxt ,yutuq va zafarlar tilab qolaman. Etiboringiz uchun rahmat.

Navbat tadbirda ishtirok etayotgan mehmonlardan maktab kuzatuv kengashi raisi Umarova Safura opaga beridi: Mana bugun bitiruvchilarimizning qalblarida hayajon, ular maktab , sinfdoshlari, qolaversa ustozlari bilan xayrlashmoqda,ya’ni “So’nggi qo’ng’iroq” chalinadigan kun. Sizlarga juda havasim kelayapti.Sababi bizning davrda sizga berilgan imkoniyatni hech qaysisi bizda yo’q edi. Shu fursatdan foydalanib siz bitiruvchilarni quvonchli va hayajonli kun bilan muborakbod etaman. Bitiruv imtihonlarini a’lo baholarga topshiring.

Siz yoshlarni Vatan kutadi… Vatanga va xalqingizga sodiq farzand bo’lishingizga tilakdoshman. Oq yo’l bitiruvchilar!

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan bitiruvchilarimizni Davlat imtihonlariga kiritilishi to’g’risidagi buyruqni o’qib eshittirish va iqtidorli, zukko , tashabbuskor va sportchi bitiruvchilarimizni taqdirlash uchun o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Gulshan Sobriddinovaga beramiz.

Kun tartibi uchinchi masala bo’yicha qadrdon bitiruvchilarni qutlash uchun jajji shirintoy uka –singillarga berildi.

2-“b” , 4-“a”,3-“a”,9-“b” sinf qizlari chiroyli raqslari bilan yig’ilganlarni dilini shod etdi. 3-“a” va 4-“b” sinf o’quvchilari esa So’nggi qo’ng’iroq va Ustoz haqidagi she’rlari bilan davra fayziga fayz qo’shdilar.

Navbat nihoyat bitiruvchilarning tabrik xayrlashuv ko’rinishlariga berildi. Bitiruvchilarimiz chiroyli tabrik so’zi va raqs orqali o’z dil izhorlari va minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Nihoyat tadbirning eng hayajonli qismi So’nggi qo’ng’iroq chalish daqiqasiga keldi. So’nggi qo’ng’iroqni 11 – sinf va 1- sinf o’quvchilari chalishdi. Shundan keyin “Xayr maktabim” qo’shig’i ijro etilib, bitiruvchilarni davradan kuzatib qo’yishdi .

Qaror qabul qilindi:

1.Berilgan axborotlar ma’lumot o’rnida qabul qilinsin va bitiruvchilarni Davlat imtihoniga tayyorgarlik ko’rishlarini nazorat qilish sinf rahbari va o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari zimmasiga yuklatilsin.

Yig’ilish raisi: N.O.Irisov



Kotiba: F.Sotvoldiyeva
Download 18.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling