Tasdiqlayman «Elektr ta’minoti» kafedra mudiri
Peregondagi kontakt tarmog‘ini trassirovkalash
Download 1.39 Mb.
|
Azimov Burxonjon
3. Peregondagi kontakt tarmog‘ini trassirovkalash.
Peregon rejasi millimetrovkali qog‘ozga 1:2000 masshtabda chiziladi. Buning uchun barcha ma’lumotlar kurs loyihasi uchun beriladigan topshiriqning 3-jadval va 1-rasmda keltirilgan. Peregon rejasi keyingi ishlar uchun yordamchi vazifasini o‘tab, to‘g‘ri chiziqlar shaklida tasvirlanadi. Peregon rasmda piketlar yo‘l-yo‘lakay kilometrlar bilan egri yo‘llar albatta berilish radiusi va uzunligini ko‘rsatilgan holda profillarda ifodalanadi. Kontakt tarmog‘i tayanchlari peregonda uning to‘g‘ri yo‘li rejasiga asosan joylashtiriladi. Tayanchlarning birlashuvi kiruvchi signal bo‘yicha amalga oshiriladi. Kiruvchi signal esa avvaldan beriladi. Shundan so‘ng ruxsat etilgan maksimal uzunlikdagi oraliq uzunliklarga ega uchastkalarda oraliq tayanchlar joylashtiriladi. Shuni ham e’tibordan chiqarmaslik zarurki stansiyaning istiqboldagi rivojida yangi yo‘llar o‘tkazilganda kontakt tarmog‘ini qayta qurish ko‘p noqulaylik va xarajatlarga olib kelmasligi lozim. Kontakt tarmog’idagi rejalarda shartli belgilar
Barcha texnik shartlarga rioya qilgan holda tayanchlar soni va o‘tkazgich-simlar uzunligi kam sarflanadigan usul, trassirovkalashning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Kontakt tarmog‘ini trassirovkalashda [1] keltirilgan shartli belgilardan foydalanish zarur. Peregonda tayanchlarni joylashtirish stansiya izolyasiyalangan birikmali tayanchlarini ko‘chirishdan boshlanishi kerak. Vazifa bo‘yicha stansiya trassirovkalashi ko‘zda tutilmaganligi uchun izolyasiyalovchi birikma istalgan holatda ko‘rsatiladi. Ikki qo‘shni oralig‘i uzunliklari katta oraliq uzunligidan 25% ga farqlanmasligi kerak. Qisman to‘g‘ri va qisman egri chiziqli yo‘llarda joylashgan yo‘l uchastkalaridagi oraliqlar ruxsat etilgan maksimal uzunligiga teng deb qabul qilinadi. Barcha tayanch yo‘lning bir tomoniga joylanishi kerak. Agar ikkinchi yo‘l qurish ko‘zda tutiladigan bo‘lsa, qarama-qarshi tomondan xuddi shunday tarmoq jihozlari o‘rnatiladi. O‘rtacha ankerovka joylashtirilgan oraliq uzunligi ruxsat etilgan maksimal uzunlikdan 10% kam bo‘lmog‘i darkor (yarim kompensatsiyalashgan osilmada). Kompensatsiyalangan osma bo‘lganda – ikki oraliq 5 % ga kamayadi. Barcha oraliqlar tegishli joylarda ostiga chiziq chizilgan raqamlar bilan ifodalanadi. Tayanchlarni joylashtirish tugallangandan so‘ng peregon anker uchastkalarga ajratiladi. Yo‘lning egri qismlarini anker uchastkalari hududida joylanishiga qarab bu uchastkalar uzunligi belgilanishi kerak (egriliklar anker uchastkalari o‘rtarog‘ida joylashgani ma’qul). Anker uchastkalari tutashuvi uch oraliqli sxema bo‘yicha bajarilishi kerak, hamda ular egri yo‘lning to‘g‘ri qismlarida va egriliklarning tashqi taraflariga joylashtirilishi kerak. Anker uchastka tutashuvini egrilikning ichki tomoniga joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Shuningdek, radiusi 1200 m dan kam bo‘lgan uchastkalarda ularni o‘rnatish qat’iyan man qilinadi. Stansiyaga yaqin joydagi anker uchastkalarida ankerovka o‘rtacha bo‘lib, kompensatsiyalovchi osmalar bilan jihozlangan. Bunda stansiya tomoniga joylashgan tortuvchi tros kompensatsiyalanmaydi. Kompensatsiyalangan kontakt osmalari uchun anker uchastkalari uzunligi 1600 m dan oshmasligi kerak. Tezyurar poyezdlarga (161-200 km/soat) mo`ljallangan temir yo`l uchastkalarida anker uchastkaning uzunlugi 1400 m dan oshmasligi lozim. Egri yo`lli uchastkalarda anker uchastka uzunligini aniqlashda egrilik radiusini ham hisobga olishimiz kerak, ular 12- jadvalda keltirilgan. 12-jadval Egri yo`lli uchastkalarda anker uchastka uzunligi
Izoh: Ikki kontakt simli osma uchun anker uchastka uzunligini qavs ichidagi ma’lumotlarni olamiz. Agar anker uchastkasi qisman egrilikda joylashgan bo‘lsa, o‘rtacha ankerovkani iloji boricha egrilik tomoniga surishga xarakat qilinadi. Ankerovka joylari aniqlanib, shartli belgilar o‘z raqamlari bilan joylashtirilgandan so‘ng uning spetsifikatsiyasi tuziladi. Spetsifikatsiya 12-jadvalda ko‘rsatilgan forma bo‘yicha tuzilib, o‘rtacha ankerovkalar joylari ko‘rsatiladi. 13-jadval So`ngra barcha tayanchlar raqamlanadi (izolyasiyalovchi birikma tayanchlari bu raqamlashga kirmaydi). Ko‘ndalang elektr ulamalar (ular o‘zgaruvchan tok zanjirida har bir anker uchastkasida ikkitadan, o‘zgarmas tok zanjirida esa har 200 metrda o‘rnatiladi) ulangan joylari ham belgilanadi. Jadvalning har bir ustuniga tayanch ushlagichning piketlari ikkita raqam bilan (ya’ni ikkita qo‘shni piket oralig‘i) va tayanch o‘lchamlari yozib qo‘yiladi. Yo‘lning to‘g‘ri uchastkalarida tayanchlar yo‘l o‘qidan: oddiy uchastkalarda 3.1 m masofada, tezyurar temir yo`l uchastkalarida esa 3.3 m masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Egri yo‘llarda tayanch gabaritini 14- jadvaldan aniqlaymiz. 14-jadval
Tayanch o‘ymalarida esa kyuvetdan yuqorida 4.9 m o‘lchamda o‘rnatiladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling