Tasdiqlayman” Gumanitar fanlar fakulteti dekani R. A. Ikramov
Download 24.97 Kb.
|
Savollar (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelishildi Dekan muovinlari: R.Q. Xaytmetov F.J. Murodova Kiritildi Kafedra mudiri S.A.Toshtemirova
“TASDIQLAYMAN” Gumanitar fanlar fakulteti dekani ______________ R.A. Ikramov “______” ____________ 2023-yil Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti “Umumiy tarix va ta`lim metodikasi” kafedrasining tarix yo‘nalishi talabalariga “Jahon tarix 1” fanidan oraliq nazoratsavollar banki (2023-2024 o‘quv yili uchun) XX asr boshlarida ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvining sabablari nimadan iborat edi ? XX asr 1-yarmida fizika sohasidagi kashfiyotlarning asosiy natijasi nimalardan iborat edi ? Insulin va pensillinning kashf etilishi qanday kasalliklarni davolash imkoniyatini yaratdi ? XX asrning 1-yarmida transport sohasida yuz bergan yangiliklar haqida gapirib bering. 1920-1940-yillarda uchish texnikasining qanday yangi turlari yaratildi ? O.Shpengler va F.Nisshening qanday nazaryalaridan fashistlar o’zlarining jinoyatkorona g’oyalarini asoslashda foydalandilar ? 1920-1930-yillarda madaniyat rivojlanishining o’ziga hosligi nimada edi ? 1920-1930-yillar G’arbda san’atning qanday yangi yo’nalishlari payda bo’ldi ? 1920-1930-yillarda Osiyo va Lotin Amerikasida tasviriy san’atida qanday o’zgarishlar yuz berdi ? Birinchi jahon urushidan so’ng Xitoyda boshlangan talabalar harakatining sabablari nimada edi va u qanday natijalarga olib keldi ? 1920-yillardagi “Buyuk “milliy inqilobining xarakteri va o’ziga hos jihatlarini tariflab bering. Gomindanchilar va kommunistlar o’rtasidagi ajralishning hamda boshlanib ketgan fuqarolar urushining sabablari nimada edi ? Nima uchun XX asrning 1-yarmidagi Xitoy tarixi-to’xtovsiz urushlar davri? Gomindanchilar hukumatining tadbirlari iqtisodda qanday o’zgarishlarga olib keldi ? Gomindanchilar taraqqiyotining qanday yo’lini tanladilar ? Yapon agressiyasining birinchi bosqichida nima uchun Xitoy jiddiy qarshilikni tashkil qila olmadi ? Xitoy armiyasining qayta qurollantirish va yaponlarga qarshi kurashni kuchaytirishda AQSH ning yordami qanday ro’l o’ynadi ? Ikkinchi jahon urushining yakuni va unda antifashist kuchlarning g’alabasi Xitoy uchun qanday axamiyatga ega bo’ldi ? Birinchi jahon urushidan so’ng Hindistonda mustamlakachilikka qarshi kurashning yangi davri boshlanishiga nima sabab bo’ldi ? Zo’ravonliklarsiz mustaqillik uchun kurash va mustamlaka hukumati bilan hamkorlik qilmaslik-sat’yagraha harakati tufayli qanday natijaga erishildi ? XMK VA J.Neru Hindiston mustaqilligi bo’yicha qanday pozitsiyani egalladilar ? 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Hindistonga qanday ta’sir ko’rsatdi? Jahon iqtisodiy inqirozi yillaridagi sat’yagraha harakatidan qanday maqsadlar ko’zlangan edi ? Hindistonda 1935-yilgi konstitutsiya qanday natijalarga olib keldi ? Ikkinchi jahon urushi Hindiston milliy-ozodlik xarakatining borishida qanday o’zgarishlarga olib keldi ? Birinchi jaxon urushi Yaponiya uchun qanday natijalar bilan yakunlandi? Yaponiyadagi «Yosh zobitlar» isyoni siyosiy rejim va tashqi siyosatda qanday o’zgarishlarga olib keldi? Yaponiyadagi totalitar rejimning o’ziga xos jixatlari nimalardan iborat edi?Darslik oxiridagi glossariydan foydalanib avtoritar rejimga ta’rif bering. Yapon fashizmining va uning asosiy g’oyasi bo’lgan nipponizmning o’ziga xos jixatlari haqida gapirib bering. Birinchi jaxon urushi Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishiga, urushdan keyingi iqtisodiy inqirozga va 1920-yillar o’rtalaridagi sanoat to’ntarishiga qanday ta’sir ko’rsatdi? Yaponiya 1929-1933 yillardagi inqirozdan chiqishning qanday yo’lini tanladi? Nima uchun Yaponiya tashqi siyosatda tajovuzkorlik va Yevropadagi fashistik davlatlar bilan yaqinlashish yo’lidan bordi? Birinchi jahon urushinining natijalari Turkiya uchun qanday oqibatlarga olib keldi? Anatoliyada qarshilik xarakatining vujudga kelishiga asosiy sabablar nimalardan iborat edi ? Turkiyaga qarshi intervensiyada qaysi davlatlar ishtirok etdi ? Qanday ichki va tashqi omillar Turkiyada M.Kamol g’alabasini ta’minladi? M.Kamol islohotlarining asosiy sabablari nimalardan iborat edi ? M.Kamol iqtisodiy islohotlari qanday natijalarga olib keldi? Ikkinchi jahon urushi yillarida Turkiya qanday pozitsiyani egalladi? 1905-1911 yillardagi inqilob Eronning keying rivojida qanday ro’l o’ynadi? 2.1919-yil 9-avgustda “Forsni taraqqiy ettirishga yordam ko’rsatish uchun Biritaniya yordami to’g’risida kelishu” deb atalgan xujjat Eron bilan Buyuk Biritaniya o’rtasida munosabatlarning qanday maqomini o’rnatdi ? Birinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda ko’tarilgan qo’zg’alonlar kimga qarshi qaratilgan edi? 1920-yillarda Eron Rossiya bilan Angliya o’rtasidagi munosabatlarda qanday ro’l o’ynadi? Shox Rizo Paxlaviy islohotlari Eron tarixida qanday axamiyatga ega bo’ldi? 1942-yilgi SSSR, Buyuk Britaniya va Eron o’rtasida tuzilgan shartnoma Eronning suverenteti va mustaqilligini ta’minlashda qanday axamiyatga ega bo’ldi? Ommanulloxon hokimiyatga kelgandan so’ng ingliz-afg’on munosabatlarida qanday o’zgarishlar yuz berdi? Omonulloxon islohotlari qanday oqibatlarga olib keldi? Nodirshoxning islohot o’tkazishda sustkashligi qanday natija bilan yakunlandi? Muxammad Zoxirshoxning islohotlari qanday natijalarga olib keldi? Ikkinchi jahon urushi oxiriga kelib Afg’onistonda AQSHning faollashuvi sabablari nimada edi? Mandat tizimi unga kiritilgan mamlakatlar taqdirida qanday rol o’ynadi? Bu tizimning ijobiy va salbiy tomonlari nimalardan iborat edi? 1930-yillari Balfur deklariyatsiyasi bo’yicha yaxudiylarning Germaniyadan Falastinga ommaviy ko’chishi nima bilan izohlandi? Mandat tizimi Yaqin Sharqda zamonaviy davlatlarning shakllanishi qanday rol o’ynadi? Jahon urushlari oralig’ida Iroqning siyosiy rivojlanishiga qanday omillar katta ta’sir ko’rsatdi? Transiordaniyada inglizlarning strategic maqsadlari nimadan iborat edi? Naj qirolligi va Hijoz sultonligi birlashib Saudiya Arabistoni qirolligining tashkil qilinishi bu davlatning keying rivojlanishida qanday ro’l o’ynadi? 1943-yili Suriyaning toliq mustaqil bo’lishida ingilizlarning qanday loyihasi asosiy ro’l o’ynadi? 1926-yili Livan Respublikasi nima uchun confessional asosda qurilgan edi? Qul savdosining Afrika aholisi uchun psixologik oqibatlari nimalarda namoyon bo’ldi? 1926 yili Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan «Qullik xaqida konvensiyada va BMTning “Inson huquqlari umumjahon deklariytsiyasi”da qullik va qul savdosiga qanday ta’rif berildi ? Birinchi jahon urushi arafasida Afrika qit’asi asosan qaysi davlatlar o’rtasida bo’lib olingan edi? Yevropaliklar kirib kelishi bilan Afrikada modernizasiyalash tendensiyalarining paydo bo’lishi nimalarda namoyon bo’ldi? Aholi orasida an’anaviylik qoldiqlarining kuchliligi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda qanday namoyon bo’ldi? Birinchi jahon urushidan keyin Afrikada milliy harakatlarning paydo bo’lishiga qanday omillar sabab bo’ldi? Jahon iqtisodiy inqirozi Afrika rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatdi va iqtisodda qanday o’zgarishlarga olib keldi? Birinchi jahon urishidan keyin bir qator yangi modernizatsiya mamlakatlarida totalitarizmning o’rnatilishiga nima sabab bo’ldi?XX asrdagi totalitar tuzumlarning mafkuraviy asoslari haqida gapirib bering. 1917-yili Rossiyada bolsheviklar hokimiyatining o’rnatilishiga mamlakatda vujudga kelgan qanday iqtisodiy-siyosiy xolatlar sabab bo’ldi? SSSRdagi industrlashtirish va kollektivlashtirish siyosatlarining maqsadlari nimalardan iborat edi? Madaniy inqilob qanday maqsadlarni o’z oldiga qo’ydi va qanday natijalarga erishildi? Sovet totalitar tuzumi uyushtirgan qatag’onlardan ko’zlangan maqsad nima edi? Ommaviy qatag’onlar sovet jamiyatiga qanday ta’sir ko’rsatdi? 1920-yillari sovet tashqi siyosatining asosiy vazifalarini va murakkab jihati nimalardan iborat edi? 1930-yillari sovetlar olib borgan tashqi siyosatning tajavuzkor jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi? Birinchi jahon urushidagi mag’lubiyat Germaniyada qanday iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqardi? “Germaniyadagi Noyabr inqilobi” degan umumiy nom ostidagi inqilobiy chiqishlar qanday oqibatlarga olib keldi? Germaniyada fashistlarning birinchi chiqishi-‘pivo isyoni’ qanday natija bilan yakunlandi ? “Daues rejasi” qanday maqsadga aratilgan edi? U kapitalistik dunyoda iqtisodiy va siyisiy baeqarorlikni ta’minlashga olib keldimi? 1929-1932 yillardagi inqiroz natsistlarning hokimiyatga kelishiga qanday ta’sir ko’rsatdi? A.Gitler boshchiligidagi nasional-sotsialistlar hokimiyatga kelgandan keyin qanday ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirdi?Italyan fashizmi va german natsizmini taqqoslang. A.Gitler totalitar rejimining asosiy maqsadi nimadan iborat edi?Germaniyadagi totalitar rejimga tavsif bering. Buyuk Britaniya birinchi jahon urishidan qanday natijalar bilan chiqdi? 1920-yillari Buyuk Britaniya sanoatining qaysi sohalari jadal rivojlandi va qaysi sohalari turg’un holatga keldi? Buyuk Britaniya taraqqiyotidagi qanday muamolar 1926-yil maydagi eng yirik ish tashlashni keltirib chiqardi? Buyuk Britaniya 1930-yillari inqirozdan chiqishning qanday yo’lini tanladi? Bu yo’l 1930-yillar oxirida iqtisodda qanday natijalarga olib kelganini gapirib bering. Bu davrda siyosiy rivojlanishdagi Buyuk Britaniyaga xos bo’lgan qanday asosiy jihatlarni ajratib ko’rsatish mumkin? Buyuk Britaniyaning mustamlaka va dominionlar bilan munosabatida qanday o’zgarishlar yuz berdi?Vestminestr statute bu munosabatlarga qanday ta’sir qildi? Ikkinchi jahon urushidan oldin Buyuk Britaniya tashqi siyosatining asosiy maqsadi nimadan iborat edi ? 1938 yilgi Muyunxen kelishuvidan asosiy maqsad nimadan iborat edi? Birinchi jahon urushi Fransiya uchun qanday natijalarga olib keldi? 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Fransiyaga ta’siri nimalarda namoyon bo’ldi? 1930-yillari Fransiyaning ichki siyosatiga o’zgarishlar va ijtimoiy tenglikni sabablari nimadan iborat edi? R.Puankare Rur avantyurasining asosiy mohiyati nimada edi?Nima uchun bu harakat muvozanatni buzib yubordi? 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Fransiya iqtisodida va siyosiy kuchlar muvozanatiga qanday ta’sir ko’rsatdi? 1937 yilgi so’l kuchlarning L.Blyum boshchiligidagi hukumati ist’efoga ketib E.Dalade boshchiligidagi o’ng kuchlarning hokimyatga kelishi Fransiya ichki siyosatida qanday o’zgarishlarga olib keldi? Ikkinchi jahon urushlari orasida Fransiya tashqi siyosatining asosi nimadan iborat edi ? Bu siyosatdagi subutsizlik qanday natijalarga olib keldi? Nima uchun Italiyadagi siyosiy inqiroz fashistlarning hokimiyatga kelishi bilan yakunlandi?Italyan fashizmining asosiy jihatlarini ta’riflang. Muxolifatchilarning antifashist bloki nima uchun muvoffaqiyat qozonmadi? Iqtisodiy inqiroz yillardagi qanday tadbirlar Italiyada fashistlar hokimiyatining mavqeini mustahkamlashga hizmat qildi?Nima uchun aholining katta qismi, jumladan, ziyolilar fashistlarni qo’llab-quvvatladi,ularning madadiga aylandi?Bu haqda fikr yuriting Italyan fashistlarining millitaristik va tajovuzkor tashqi siyosati nimalarda namoyon bo’ldi? Birinchi jahon urushining natijalari AQSHning iqtisodiy rivojlanishi va jahon siyosatidagi o’rniga qanday ta’sir ko’rsatdi? 1920-yillari AQSH iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy siyosati bilan Yevropa mamlakatlaridagi shunday siyosat o’rtasidagi farq nimalarda namoyon bo’ldi? 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz AQSH iqtisodida va ijtimoiy siyosatida qanday iz qoldirdi. AQSH inqirozdan chiqishning qanday yo’lini tanladi?F.Ruzvelt “yangi kurs “siyosatining asosiy yo’nalishlari haqida gapirib bering. Demokratik partiyaning iqtisodiy islohotlar dasturiga aylangan liberal etatizm siyosati haqida gapirib bering. “Yangi kursning” ijtimoiy islohotlari qanday o’zgarishlarga olib keldi? Ikkinchi jahon urushi boshlanguncha AQSHni tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishi bo’lgan neytralitet va izolyatsionizm tamoyillarining xatoligi nimada edi? Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojiga qanday ta’sir ko’rsatdi? 1920-yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarida qanday siyosiy tuzumlar shakllandi?Jamiyatda avtoritar va diktatorlik rejimlari uchun qanday asoslar mavjud edi? 1920-yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarida o’tkazilgan islohotchilik qanday yo’nalishlarda olib borildi? Argentinadagi I.Irogeyn faoliyatiga baho bering. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Lotin Amerikasi mamlakatlariga qanday ta’sir ko’rsatdi? 1930-yillari Lotin Amerikasidagi bir qator mamlakatlarda oligarxiya va diktatorlik rejimlarini ag’darib tashlangan inqiloblarning sababi nimada edi? Lotin Amerikasi mamlakatlarida davlatning iqtisodga aralashuvi qanday maqsadlarni ko’zladi va nimalarda namoyon bo’ldi? 1930-yillari AQSHning Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan munosabatida qanday o’zgarishlar yuz berdi? Ikkinchi jahon urushi Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatdi? Kelishildi Dekan muovinlari: R.Q. Xaytmetov F.J. Murodova Kiritildi Kafedra mudiri S.A.Toshtemirova Download 24.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling