«tasdiqlayman» Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti dekani A. X. Ergashev


Mavzu № 4. Bozor muvozanati: maksimal va minimal narxlar


Download 57.01 Kb.
bet13/30
Sana08.11.2023
Hajmi57.01 Kb.
#1757357
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
Мустақил таълим кўрсатма микро

Mavzu № 4. Bozor muvozanati: maksimal va minimal narxlar.
Ishning maqsadi: “Bozor muvozanati: maksimal va minimal narxlar” mavzusi bo‘yicha ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Topshiriq shakli: taqdimot tayyorlash, berilgan masalalarni yechish.
Bajarish vaqti: 6 soat.


Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 4
1-Topshiriq. “Bozor muvozanati: maksimal va minimal narxlar” mavzusida taqdimot tayyorlash.
Taqdimot tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyalar:
Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi:
1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni assosiy tushunchalarini ajratib olib, axborot texnologiyasidan foydalanib og‘zaki bayon etadi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi, AKT texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi rivojlanadi.


Taqdimot nima va u qanday yoziladi?
-Reja, matn va tezislarni birlashtirish tushuniladi;
- mavzuning mantig‘ini ko‘rsatadi;
-asosiy tushunchalar, xulosa, dalillar, isbotlar, uslublarni o‘zida mujassam etadi;
-materialga nisbatan uning tuzuvchisiga munosabatini aks ettiradi;
-faqatgina tuzuvchi emas, balki boshqa kitobxon tomonidan ham foydalanish mumkin.
-taqdimot tayyorlashda uzun matnlardan foydalanish tavsiya etilmaydi, asosiy tushunchalar, grafiklar, rasmlardan foydalanish maqsadga muvofiq.



Download 57.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling