"Tasdiqlayman" Ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosari


Qon ketishda shoshilinch yordam ko’rsatish


Download 0.8 Mb.
bet12/12
Sana23.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1386997
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-mavzu terapiya -4 sem ham yangi

Qon ketishda shoshilinch yordam ko’rsatish.
Sabablari: oshqozon, ichak eroziyasi, qizilo'ngach venalarining varikoz kengayishi, yaralari, dizenteriya. Qorin tifi, Kron kasalligi, parazitar kasalliklar, zaharlanishlar, o'smalar, sil, salitsilatlar va gormonlarning tartibsiz ishlatilishi va h.k. Mekkel divertikuli,churralar. Leykoz kasalligining asorati.
Simptomlari: ko'ngil aynishi, qon qusish, axlat qorayishi, qizarishi, qorinda og'riq, puis 82—95 tagacha, nafas 17-20- tagacha, qon bosimi 80/40 mm.sim.ust.gacha yoki undan ham. past, lanjlik, bosh aylanishi, darmonsizlik, teri oqimtir bo'lishi.? Qonda gemoglobin miqdori past, eritrotsitlar cho'kkan, rangko'rsatkichlari past, temir miqdori kamaygan, tez charchash,kollaps, behushlik, qattiq esnash, og'iz qurishi, chanqash.
Tez yordam choralari (shifokor kelguncha)
Bemor o'rin-ko'rpa qilib yotadi. Qon ketayotgan joyga muz xalta qo'yiladi yoki muz bo'laklari yutiladi.
Shifokor bo'lmasa:
1) Vikasol 1 % - 2 ml m/o (bolalarga 0,7-1,5 ml).
2) Kalsiy xlorid 10 % - 10 ml v/i (bolalarga 0,2 ml/kg). Kalsiy glukonat 10 % -10 ml v/i (bolalarga 0,2 ml/kg).
3) Gemostatik gubkani maydalab, 1 osh qoshiqdan har 2 soatda ichiriladi.
4) Askorbin kislota 5 % - 4-5 ml m/o (bolalarga 1-2 ml).
5) Jelatin 10 % - 10 ml m/o (bolalarga 5-10 ml).
6) Novokain 0,5 % - 100 ml v/i (bolalarga 2-5 ml/kg v).
7) Aminokapron kislota 5 % - 100 ml v/it (bolalarga 60-70 ml).
8) Natriy xlorid 10 % - 10 ml v/i (bolalarga 0,2 ml/kg v).
9) Pipolfen, suprastin 2,5 % - 2 ml m/o (bolalarga 0,5-1 ml).
Ko'p qon ketgan bo'lsa, o'z guruh qoni quyiladi 200-300 ml v/i (bolalarga 5—8 ml/kg) yoki reopoliglukin, poliglukin 300- 400 ml v/i (bolalarga 10-15 ml/kg).
10) Sharoitga qarab kofein, kordiamin, glikozidlar qilinadi. Kuchli nazorat: puls, nafas, qon bosimi, gemoglobin, eritrotsitlar, trombotsitlar. Transportirovka chalqancha yotqizib amalga oshiriladi.


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling