Tasdiqlayman” Jomboy tuman hokimligi Madaniyat va turizm bo‘limi mudiri: F. Zubaydullayev


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022


Download 34.27 Kb.
bet2/5
Sana27.01.2023
Hajmi34.27 Kb.
#1132697
1   2   3   4   5
Bog'liq
Иш режа 3-сон

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ–92-son Qarori ijrosi bo‘yicha alohida monitoring o‘rnatish:
Mazkur Qarorga muvofiq Madaniyat vazirining 2022 yil 24 yanvardagi 20-sonli Buyrug‘i, viloyat hokimining 2022 yil 31 yanvardagi 07-01/10-sonli yig‘ilish bayoni, Viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining 2022 yil 3 fevraldagi 08-A-sonli buyrug‘i hamda Jomboy tumani Madaniyat bo‘limining buyrug‘i chiqarildi.
Qaror va meʼyoriy xujjatlar asosida bo‘limning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va reja asosida tashkil etiladigan tadbirlar, mahallalardagi yoshlar etakchilari bilan birgalikda:
“Yoshlar ovozi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi joriy yilning 14 mart kuni 2-son madaniyat markazida, “Sanʼat g‘unchalari” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi joriy yilning 23-aprel kuni 10-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida, “Yosh musavvirlar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi joriy yilning may oyida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivali joriy yilning iyul oyida tantanali ravishda o‘tkazildi.
Qaror ijrosini taʼminlash bo‘yicha markaz tomonidan yanvar oyidan boshlab 8 ta mahallalarda yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda madaniyat va sanʼatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida 2 ta qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etilgan va ularga 65 nafar yoshlar jalb etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi PQ–112-son Qarori ijrosi bo‘yicha alohida monitoring o‘rnatish:
Ushbu qaror asosida Viloyat hokimining 2022 yil 10 fevraldagi 58-7-0-Q/22-sonli Qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-sonli qarorida belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini samarali taʼminlash maqsadida Jomboy tumani Madaniyat bo‘limining chora-tadbirlar rejjasi”, 2022 yil 3 martdagi 01-34/61-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-sonli qarorida belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosi yuzasidan Jomboy tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan 2022 yil davomida o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasi” hamda bo‘limning 2022 yil 16 fevraldagi 17-A-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilindi.
Ishlab chiqilgan yillik kalendar rejaga asosan jami 55 ta (4 ta –kasb bayramlari, 6 ta – Bayram tadbirlari, 4 ta – Ko‘rik-tanlovlar, 25 ta –konsert tomoshalar, 6 ta – madaniy tadbirlar, tadbirlar o‘tkazilgan. Bugungi kunga qadar mazkur tadbirlarning 36 tasi yuqori saviyada tashkil etildi va o‘tkazildi. Tadbirlarga 6000 ming nafardan ortiq tomoshabinlar va ishtirokchilar jalb etildi.
Mazkur meʼyoriy xujjatlarga muvofiq tuman Xalq taʼlimi tasarrufidagi 16-17-35-37-42 maktablar bilan hamkorlikda mavjud 5 ta umumtaʼlim maktablarining 5 tasiga 2 nafar to’garak rahbarlariga madaniyat va sanʼat sohasi vakillari biriktirilgan bo‘lib, 2 ta qo‘shimcha to‘garaklar (milliy raqs, ashula va b.) tashkil etilgan. Mazkur to‘garaklarga ijodiy yo‘nalishda 15 nafar, musiqa yo‘nalishida 32 nafar yosh havaskorlar qamrab olingan. Shuningdek, yoshlarni musiqa asboblarini o‘zlashtirishlari, kuy-qo‘shiqlarni mukammal urganishlari uchun umumtaʼlim maktablarida qaror ijrosi bo‘yicha joriy yilning sentyabr oyidan boshlab qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari va to‘garaklar bosqichma-bosqich tashkil qilinib kelinmoqda. Bir oyda ikki marta madaniyat markazi tomonidan 16-17-35-37-42-sonli umumtaʼlim maktablarida “Hayotimga hamrohdir cholg’u” shiori ostida milliy musiqa cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha bir o‘quv soati tashkil qilinib, o‘quvchilarga mahorat darslari tashkil qilinmoqda. Umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda musiqa o‘qituvchilarining kamida uchta musiqa asbobida kuy chalishni biladigan va ijro eta oladigan madaniyat va sanʼat xodimlari va mutaxassisilari o‘rganilib, madaniyat markazi mutaxassislari tomonidan tavsiyalar berilishi yo‘lga qo‘yildi.

  1. Markazda mavjud va yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan har haftaning seshanba kuni yig‘ilishlar tashkil etilmoqda va 4 ta o‘tkazilgan yig‘ilishlar bayyonlari bilan rasmiylashtirilgan.

  2. O‘z faoliyatiga doir barcha meʼyoriy xujjatlarda belgilangan bandlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, xisobotlar, axborotlar yil yakuniga qadar so‘ralgan joyga o‘z muddatida taqdim qilinishi belgilab olindi.


Download 34.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling