«tasdiqlayman» Kafedra mudiri professor Nazarov A. A. 2022 yil
-rasm. Birinchi turdagi svetoforlar
Download 1.32 Mb.
|
YHBTV kurs loyihasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm. Ikkinchi turdagi svetoforlar
- 5-rasm. Uchinchi turdagi svetoforlar
3-rasm. Birinchi turdagi svetoforlar
Qo‘shimcha bo‘limlar faqat birinchi turdagi vertikal joylashtirilgan svetoforlarda qo‘llaniladi va dumaloq shakldagi qora fonga tushirilgan strelkali bo‘ladi. Haydovchilarga svetoforning qo‘shimcha bo‘limini yaxshi ko‘rinishini ta’minlash maqsadida (asosan qorong‘i paytda), svetoforning asosiy yashil ishorasiga yo‘nalishni ko‘rsatuvchi strelkaning konturi tushiriladi va svetoforning gabaritidan katta bo‘lgan to‘g‘ri burchakli oq ekran bilan jixozlanadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning joylashuvi strelkaning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi turdagi svetoforlar chorrahadagi harakatni barcha yo‘nalishlari bo‘yicha boshqarish uchun ishlatiladi. Ikkinchi turdagi transport svetoforlarining barcha linzalarida harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelka konturlari mavjud bo‘ladi, 4-rasm. 4-rasm. Ikkinchi turdagi svetoforlar Bunda qizil va sariq ishoralardan farqli svetoforning yashil ishorasi qora fonga tushirilgan yashil strelkali bo‘ladi. Ikkinchi turdagi svetoforlar ma’lum bir yo‘nalishli (linzalarda ko‘rsatilgan strelkalar bo‘yicha) tartibga solish uchun ishlatiladi va bunda shu yo‘nalishdagi transport oqimi, boshqa yo‘nalishdagi transport yoki piyodalar oqimlari bilan kesishmasligi yoki qo‘shilmasligi ta’minlanadi (ziddiyatsiz tartibga solish). Uchinchi turdagi transport svetoforlar, birinchi turdagi svetoforlarni takrorlash sifatida qo‘llaniladi. Bunday svetoforlarning tashqi ko‘rinishi, birinchi turdagi svetoforlarga o‘xshash bo‘lib, farqi gabarit o‘lchamlarining kichikligida va ishoralarning diametri 100 mm bo‘ladi. Uchinchi turdagi svetoforlar, asosiy svetoforni ko‘rinishi qiyin bo‘lgan hollarda, asosiy svetoforning ostiga, qatnov qismidan 1,5 – 2,0 m balandlikda o‘rnatiladi. Bu turdagi svetoforlar yo‘lni kesib o‘tadigan velosiped yo‘lkasida harakatlanuvchi velosipedlarni boshqarish uchun ham qo‘llaniladi. 5-rasm. Uchinchi turdagi svetoforlar To‘rtinchi turdagi transport svetoforlari aloxida harakatlanish bo‘lagiga kirishni boshqarish uchun qo‘llaniladi. Bunday extiyoj reversiv harakatni tashkil etish paydo bo‘ladi. Bu turdagi svetoforlar har – bir bo‘lakning boshlanishi ustiga o‘rnatiladi. Ular gorizontal holatda o‘rnatiladigan signallarga ega: chap tarafda – yotiq qizil hoj (krest) shaklida; o‘ng tarafda – yashil strelka shaklida, nayzaning uchi pastga yo‘nalgan. Ikkala signallar to‘g‘ri burchak shaklida, qora fonda tayyorlanadi. Har – bir timsollarning (simvollar) gabariti 450 x 500 mm o‘lchamli bo‘ladi, 6-rasm. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling