«tasdiqlayman» Kafedra mudiri professor Nazarov A. A. 2022 yil


-rasm. Sakkizinchi turdagi svetofor


Download 1.32 Mb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1500175
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
YHBTV kurs loyihasi

10-rasm. Sakkizinchi turdagi svetofor

Bundan tashqari sakkizinchi turdagi svetoforlar, tezlik cheklangan, kamqatnov harakatli avtokorxonalar va tashkilotlarning ichki xududida harakatni boshqarishda ham ishlatiladi. Bunday sharoitlarda keng tarqalganbirinchi turdagi svetoforlar qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi, ammo sakkizinchi turdagi svetoforlarda sariq ishora bo‘lmaganligi sababli, harakat sharoitining o‘zgachaligini anglatadi.

Piyodalar svetoforlari 200 yoki 300 mm kvadrat yoki dumaloq shaklga ega bo‘lgan, ikkita chiroqli, vertikal joylashgan bo‘ladi. Yuqorigi ishora – qizil rangli to‘xtab turgan piyoda shaklida, pastki ishora – harakatdagi piyoda shakli ko‘rinishida bo‘lib, piyoda shakllari qora fonga tushiriladi, I. 11-rasm.





11-rasm. Piyodalar svetoforlari

GOST 23457-86 ga asosan svetoforda boshqariladigan chorrahalarda barcha piyodalar o‘tish joyi, piyodalar svetoforlari bilan jixozlanadi. Bunda piyodalarning ziddiyatsiz o‘tishlari ta’minlanmagan bo‘lsa, yashil ishora miltillovchi rejimda ishlashi darkor. Bu o‘z navbatida haydovchi va piyodalarga, transport vositalarini piyodalar oqimi orasidan o‘tishi extimoli borligi haqida ogoxlantiradi.


Barcha turdagi svetoforlar ishoralari ikkita variantdan (200 va 300 mm) iborat bo‘lganida, ishorasi katta o‘lchamli svetoforlar, magistral ko‘chalar va hiyobonlarda, ruxsat etilgan harakat tezligi 60 km/soat dan yuqori bo‘lgan yo‘llarda hamda noqulay ko‘rish sharoitlarida o‘rnatiladi. Shu tufayli harakat ishtirokchilari tomonidan ishoralarni yaxshi anglab olishlari ta’minlanadi. Undan tashqari ishoralarning o‘lchamlarini kattaligi yo‘lning xususiyati to‘g‘risida haydovchiga takidlaydi.
Svetoforlarni mavjud tayanch yoki binolarning devorlariga kolonkalar, kronshteynlar yordamida hamda maxsus konsolli tayanchlar va tros-tortqichlarga o‘rnatiladi. Tayanchlarga urilib ketmaslik uchun ularni qatnov qismdan tashqarida joylashtiriladi yoki to‘siqlar bilan muxofazalanadi.
Svetoforlarni o‘rnatishda ularning ishoralarini harakat qatnashchilariga yaxshi ko‘rinishini ta’minlash talab etiladi. Shu maqsadda yana asosiy svetoforlardan tashqari, svetofor –dublerlar (bir joyda takrorlanuvchi) va svetofor – takrorlanuvchilar qo‘llaniladi. Agarda harakat ikki va undan ortiq bo‘laklarda tashkil etilsa birinchi, ikkinchi va sakkizinchi turdagi transport svetoforlari bir joyda takrorlanadi.
Svetofor ishoralarini yaxshi ko‘rinishini ta’minlash maqsadida qatnov qismining ustida 5 – 6m balandlikda yoki uning yonida 2-3 m balandlikda (piyodalar svetoforlari uchun 2-2,5m) o‘rnatiladi. Bunda gorizontal joylashgan birinchi turdagi va to‘rtinchi turdagi (reversiv) transport svetoforlari vazifasi va konstruktiv xususiyatlari bo‘yicha faqat qatnov qismining ustida joylashtiriladi. Shu ma’noda piyodalar svetoforlari, svetofor – takrorlagichlar hamda qo‘shimcha bo‘limli birinchi turdagi transport svetoforlari qatnov qismining ustida joylashtirilmaydi.
Transport svetoforlari rejada to‘xtash (STOP) yotiq chizig‘idan keyin o‘rnatiladi. Agar svetofor qatnov qismining ustidan balandda o‘rnatilgan bo‘lsa, to‘xtash yotiq chizig‘i bilan svetofor orasidagi masofa 10 m dan kam bo‘lmasligi kerak va yon tomonda o‘rnatilganida 3 m. Aks holda to‘xtash yotiq chizig‘i oldida to‘xtagan haydovchi ishoralarni ko‘rmasligi mumkin. Bu masofalarni 10 metrdan 5 metrga va 3 metrdan 1 metrga kamaytirish uchun svetofor – takrorlagichlarni o‘rnatish talab etiladi. Piyodalar svetoforlarni piyodalar o‘tish joyining yaqin chegarasidan 1 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofada o‘rnatilishi kerak.
Asosiy svetoforlarda chap burilishni ko‘rsatuvchi bo‘limi bo‘lmaganida chorrahadan oldin o‘ng tarafda o‘rnatiladi. Agarda bu bo‘lim mavjud bo‘lsa, o‘ng tarafda o‘rnatilgan svetoforlarga qo‘shimcha, chorrahadan oldin markaziy ajratuvchi bo‘lakda yoki xavfsizlik orolchasida chap burilishni ko‘rsatuvchi bo‘limli svetoforlar o‘rnatilishi lozim. Bular mavjud bo‘lmaganida, qo‘shimcha bo‘limli birinchi turdagi svetofor chorrahadan keyin, ajratish bo‘lagida yoki shu joyda chorrahadan keyin qatnov qismining chap tarafida o‘rnatilishi mumkin. Kesib o‘tilayotgan yo‘lning chap tarafida ajratuvchi bo‘lak mavjud bo‘lsa, svetoforni shu ajratuvchi bo‘lakga o‘rnatilishi mumkin. Ko‘rilayotgan holatda, chorraha oldida markaziy ajratuvchi bo‘lak yoki xavfsizlik orolchasi mavjud bo‘lmaganida ikkinchi turdagi svetofor qatnov qismining ustiga o‘rnatiladi. Bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda, qo‘shimcha chap bo‘limli svetoforlar chorraha oldida, yo‘lning chap tarafida o‘rnatilishi mumkin.
Shu tufayli svetoforning asosiy ishorasini ko‘rinishi yaxshilanadi, ya’ni to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanishda xaydovchi ishoralarini o‘ng tarafda, chap burilishda – o‘zining oldida yoki chap tarafda ko‘radi.
Birinchi turdagi bir joyda takrorlanuvchi transport svetoforlarini o‘rnatish ham shu prinsip asos qilib olingan. To‘g‘ri yo‘nalishda yoki chapga harakatlanish uchun bir joyda takror o‘rnatilgan svetofor xaydovchining oldida yoki undan chap tarafda o‘rnatiladi, o‘ng tarafga harakatlanish uchun haydovchidan o‘ng tarafga o‘rnatiladi. Bunda svetofor markaziy ajratish bo‘lagining yoki xavfsizlik orolchasining bor-yo‘qligiga bog‘liq ravishda chorraha oldida, chorraha xududida yoki chorrahadan keyin o‘rnatilishi mumkin. Bu turdagi asosiy va bir joyda takrorlanuvchi svetoforning o‘rnatilish namunalari 12 – rasmda keltirilgan.


12-rasm. Svetoforlarni chorrahada joylashtirish usullari

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling