Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Konimex tuman “Lider” yoshlar markazi rahbari G.Kuvatova so’zga chiqib quyidagilarni bayon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi mablagʻlarini hisobidan “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasini amalga oshirish mexanizmi quyidagicha.
Navoiy viloyati Konimex tumanida 15 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʼini mavjud. “Yoshlar daftari”ga 835 nafar (516 nafari qizlar), “Temir daftar”ga 243 nafar (181 nafari qizlar) yoshlar roʼyhatga olingan. DXX chegara qoʼshinlari va IIV bazasidagi xorijga uzoq muddatga ishlash uchun ketgan yoshlar 759 nafarni (211 nafar qizlar) tashkil etgan. Taʼlim bilan qamrab olinmagan va ishsiz boʼlgan bitiruvchi yoshlar 835 nafar (450 nafar qizlar)ni tashkil etadi
Tumanda yoshlar va ayollarning aksariyat qismi mavsumiy Rossiya Federatsiyasi va Qozogʼiston Respublikasiga ishlash ushun chiqib ketadi. Shu sababli ularning oʼzini-oʼzi band qilish tizimini joriy etish lozim.
Loyihani amalga oshirish mexanizmi.
Konimex tumanida kompyuter texnologiyalari va biznesni uygʼunlashtirgan holda ilk bor tashkil etilayotgan “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi doirasida oʼquv kursiga ishtirok yetuvchi 150 nafar ishsiz “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan yoshlar va yosh ayol-qizlarning roʼyhati shakllantiriladi va mahalla kesimida guruhlarga ajratiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun hamkorlar bilan “Yoʼl xaritasi” tasdiqlab olinadi. Bir guruxda 15 kishi boʼladi. 40 soatlik bepul oʼquv kursida “Biznes reja tuzish”, “Biznes psixologiyasi”, “Kompyuter texnologiyalari” va “SMM” sohalarida boʼyicha dars rejalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ilk bora Konimex tumanida yoshlar oʼrtasida kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish va biznes reja tuzish, biznes psixologiyasiga oʼqitish boʼyicha oʼtkazilayotgan “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasini amalga oshirilishi orqali, keyinchalik viloyatning boshqa tumanlarida ham ommalashishiga amaliyot vazifasini oʼtaydi.
Natijada 150 nafar ishsiz yoshlar 2ta soha boʼyicha sertifikatlar olishi orqali, maʼlum bir maʼnoda oʼz kelajagi uchun poydevor yaratadi.
Loyiha davomida kredit olgan, ishga kirgan yoshlar faoliyati taxlil qilinib boriladi va loyihadan keyin ham taxlil davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |