Tasdiqlayman” Maktab direktori: A. Irgashev 2020-yil
Download 468.74 Kb.
|
1-sinf Tarbiyaviy soat
II.Asosiy qism:
Aziz o`quvchilar bugungi mashg`ulotimizning mavzusi « Kim bo`lsam ekan?». O`yini orqali biz sizlar bilan turli kasblar haqida bilib olamiz. 1. Ota-onangiz qaysi kasb egasi? Kasb o`zi nima? 2.Kelajakda kim bo`lmoqchisan? Kabi savollarga javoblar olinadi. O`qituvchi bolalar javoblarini umumlashtiradi: Kasb-hunar bu ish faoliyatining biror turi, ma`lum bilim, tajriba, tayyorgarlik talab etadi. Kasb-hunar turli tuman. Mana bu suratga qarang, suratda qanday kasb egalarini ko`rayapsiz? Bolalar javoblari eshitiladi va kasblarning nomi yoziladi. Bolalarga kasblar bo`yicha suratlar tarqatadi. Bolalar tarqatilgan suratlar bo`yicha kasblarga ta`rif beradilar -Sizning ota-onangiz qayerda ishlaydilar? Ular qanday kasb egalari ekanliklari haqida so`zlab bering. Ota-onangiz ish joylarida nima ish qilishadi? Bolalar javoblari eshitiladi. O`qituvchi: Siz katta bo`lganingizda kim bo`lmoqchisiz? Buning uchun nima qilish kerak deb o`ylaysiz? Bolalar javoblari. Kasb-hunar egallashda aql, mehnat, iroda, sabr-toqat, hamjihatlik kabi fazilatlar zarur ekanligini uqtiriladi. O`qituvchi: mana bolalar, hozirgina biz sizning ota-onalaringiz kasblari, o`zingizni orzularingiz haqida suhbatlashib oldik. Kasb inson uchun juda zarur faoliyat ekanligini tushunib yetdingiz deb o`ylayman. Kim qanday kasb tanlasa, mehr qo`yishi kerak O`z kasbini yaxshi bilgan kishining ishi unumli bo`ladi. hozirgina Nigora onam chevarlar, men katta bo`lganimda chevar bo`laman, qo`g`irchoqimga ko`ylak tikishni o`rganaman deb o`z orzusini aytdi. Ota-ona kasbini egallash juda ham yaxshi, chunki, siz ular nimalar bilan shug`ullanishini yoshligingizdan ko`rib, o`rganib borasiz, ularga bu ishda yordam ham berasiz. Katta bo`lgach shu kasbda ishlasangiz, sizning ota-onangiz ustozingiz bo`ladilar. III.Yakuniy qism: “Pantomimo”o`yini. O`quvchilar imo-ishora orqali rasmda aks ettirayotgan kasbni ifoda etishi kerak. "Kim chaqqon" o`yini. O`quvchilar bir-biriga to`p otish orqali kasblar nomlarini aytishadi. Qaysi guruh ko`p kasb nomini ayta olsa o`sha guruh g`olib sanaladi. Kim kelajakda soatsoz bo`lmoqchi? Kimning otasi (akasi, qarindoshi) soatsoz kasbini egallagan? Har bir guruhning har bir kasb bo`yicha topgan so`ziga rag`bat kartochkasi beriladi va o`yin oxirida rag`bat kartochkalari hisoblanib, g`olib guruh aniqlanadi. Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish Download 468.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling