III.Yakuniy qism:
- Qangay ertaklarni bilasiz?
Qaysi qatordagi o`quvchilar ko`proq ertak nomini aytish o`yinini o`ynash.
O`quvchilarning javoblarini tinglash.Xattaxtaga osilgan ertak namunalari
yuzasidan suhbat uyushtirish uning tarbiyaviy ahamiyatini yoritish.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish
MMIBDO`: ______________
Sinf rahbar: ______________
Sana _____________________
Mavzu: Qonunimiz- qomusimiz (8-dekabr –Konstitutsiya kuni munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda Konstitutsiya haqida tushuncha hosil qilish.O`quvchilarni og`zaki nutqini, fikrlash qobilyatini rivojlantirish.O`quvchilarni o`z haq-huquqini bilishga undash.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD, disk, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, davlatimiz ramzlari, Konsitutsiya kitobi
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
Madhiya kuylanadi
O`qituvchi.
-Bugungi mashg`ulotimizda 8-dekabr Konstitutsiya kuni haqida suhbatlashamiz.
Sizda Konstustutsiya nima?-degan savol tug`ilishi mumkin. Har bir mamlakatda bir muhim kitob bor.
Bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilalar.Konstitutsiya davlatimizning asosiy qonunidir.Har bir mamlakatning o`zining qonun-qoidalari bo`ladi.Ularga o`qituvchi,o`quvchi,ishchi yoki nafaqaxo`r bo`lishidan qat`iy nazar barcha bo`ysunishi lozim.Bu qoidalar qonunlar deb ataladi.Qonunlar davlat tomonidan o`rnatiladi.Konstitutsiyada xalqimizning huquq va burchlari belgilab qo`ilgan.Masalan:biz dam olish,o`qish,mehnat qilish,bepul bilim olish,bepul tibbiy xizmatdan foydalanish kabi huquqlarga ham egamiz.Maktab mulkini,sinfdagi jihozlar:stol,stul,parta,eshik,derazalarni asrab-avaylashimiz ham burchimiz hisoblanadi.Biz o`quv qurollarini,kitoblarni toza tutib,varaqlarini yirtmasligimiz kerak.Bu ham biz rioya qilishimiz lozim bo`lgan qoidalarga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |