III.Yakuniy qism:
1.Topshiriq.
Har bir guruh oz fasliga tegishli bo`lgan oylarni yozsin
2.Topshiriq
Berilgan rasmlardan o`z faslingizga mosini tanlab, qogozga yopishtiring.
3.She`rlar aytib bering.
O`quvchilar topgan ballarini hisoblash va darsga yakun yasash.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
MMIBDO`: ______________
Sinf rahbar: ______________
Sana _____________________
Mavzu: “Ta`til taassurotlari”
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
Bolalarning kuz fasli va uning ne`matlar haqidagi tasavvurlarini boyitish, aqliy tafakkurlarini o`stirish. O`yinlar orqali bolalar tafakkurini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk,plakatlar Mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari surati koptok.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
O`quvchilar bilan suhbat o`tkazish
Bolalar kuzgi ta`tilni yaxshi o`tkazdingizmi?
Kuzgi ta`tildan qanday taassurotlar oldingiz?
Bolajonlar mana bizning o`lkamizda kuz fasli kezmoqda. Sizlar bilan hozir "Kuzgi ne`matlar" haqida suhbatlashamiz va o`yin o`ynaymiz. Men kuz fasli bo`laman. Sizlarga she`rlar aytib beraman.Bu she`rlar o`zlaringiz sevgan mevalaringiz, sabzavotlaringiz, poliz ekinlari haqida bo`ladi. Sizga topshiriq she`r nima haqida ekanligini topish va uning rasmini chizish.
Obinovvot qovunman,
Bitta tishlab Ovunma.
Nega bo`ldim, Men nomdor.
Chunki Choponim guldor.
Donalarim Marjoncha,
Bir boshim Naq bir jomcha.
Quritsangiz, Mayizman .
Dasturxonga,Fayzman.(Uzum)
Yupqagina
Pustim bor,
Dalada ko`p
Do`stim bor,
Maqolda ham
Yozilaman
O`sha
"Oltin qoziq"man.(Sabzi)
Har donacham
Bir askar,
Bir qal`ada
Ming lashkar.
Yotar ular
Panada-
Oq pardali
Xonada.(Anor)
Do'stlaringiz bilan baham: |