Tasdiqlayman” Maktab direktori A. Qorayev Denov tumanidagi 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilganumumiy yig‘ilish b a yonnomas I


Download 18.1 Kb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi18.1 Kb.
#1302192
  1   2
Bog'liq
1- мактаб 09.02.2023 ПРОКУРОР БАЁНИ


Tasdiqlayman”
Maktab direktori A.Qorayev


Denov tumanidagi 1- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilganumumiy yig‘ilish
B A Yo N N O M A S I
09.02. 2023 yil “Buyuk zamin” mahallasi
Yig‘ilish raisi A.Qorayev Maktab direktori .
Yig‘ilish kotibi I.Eshmatov
Qatnashdilar: Tuman IIB xodimi I.Ubaydulloyev
Maktabning 200 nafar o‘quvchilari.


Kun tartibidaga masalalar
1. Diniy vaziyatni yanada sag‘lomlashtirish va giyoxvandlikning oldini olish .
3. Xuquqbuzarliklar profilaktikasi tug‘risida.
E Sh I T I L D I:
Yig‘ilishni maktab direktori A.Qorayev olib borib kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o‘tdi, kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so‘zni, Tuman IIB xodimi O. Mamadaliyev berdi. Yurt taqdiri uchun o‘zini ma’sul hisoblovchi har bir inson, avvalambor, davlatimiz va jamiyatimiz tinchligiga rahna solishga o‘rinayotgan yovuz kuchlarning tahdidlardan ogoh bilishi lozimligini va oholi o‘rtasida diniy ekstremizm va odam savdosi kabi illatlar va bu illatlarning ayanchli oqibatlari haqida davra suhbatlari, yig‘ilishlar va filmlar namoyish etib borilayotganligi haqida aytib o‘tdi. Hozirgi kunda eng global muammoga aylanib borayotgan diniy ekstremizm va odam savdosi insonlarning boshiga qanday kunlarni solayotgani, mo‘may daromad izlab chet ellarga noqonuniy ketayotgan, orzusi sarobga aylanib, xor-zor bo‘lib, hatto chekka yurtlarda o‘lim topayotgan yurtdoshlarimizning ayanchli qismatlariga kim aybdor degan savol tug‘iladi, Avvalo ota-ona, mahalla, bizning beparvoligimiz. Aka ukani, opa singilni begona kishilarga arzimas pulga sotib yuborishi, opa singillarimiz u yoqlarda qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishga rozi bo‘layotganini ko‘rib turibmiz va ming afsuski ko‘pchiligimiz beparvomiz, bu illatga oila, ta’lim muasasasi va mahalla birgalikda kurashishimiz lozimligini va ushbu tadbirlarga IIB xodimlari, Diniy ulamolar ham jalb qilinganligini aytib o‘tdi, Ushbu illatlarga qarshi kurash faqat o‘qituvchilarning vazifasi emas, barchamizning vazifamiz, hammamiz birgalikda kurash olib borishimiz kerakligini aytib o‘tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Maktabning MMIBDO‘ so‘zga chiqib, Yurtimizda istiqomat qilayotgan xalqlarining o‘tmishiga nazar soladigan bo‘lsak. Bundan bir asr avval O‘zbekistonda 70 ga yaqin millat vakillar istiqomat qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda. Asosiy Qomusimiz hisoblanmish Konistitusiyada inson huquqi, sha’ni va qadr-qimmatining eng oliy qadriyat, deb belgilab qo‘yilgani bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar va o‘zgarishlarda o‘z isbotini topmoqda. Konistitusiyamizda jinsi, millati, dini, irqi, yoshi, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha fuqarolarning teng huquqligi va boshqalarga ko‘ra inson huquqlari va e’tiqod erkinligini muayyan darajada kamsitadigan birorta ham moddaning yo‘qligida, o‘ylaymizki, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz va bebaho an’analarimizning beqiyos o‘rni bor. Ming yilliklar davomida ajdodlardan avlodlarga, ota-onalardan farzandlarga, vorislarga o‘tib kelayotgan va dunyoning hech bir burchagida takrorlanmaydigan ajoyib munosabatlarning, insoniy fazilatlarning Asosiy Qonunimizdan o‘rin egallagani tahsinga sazovor. Davlatimizning vijdon erkinligi tushunchasiga nisbatan fundamental qoidasi hayotimizning bosh qomusi-O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31-moddasida o‘zining anik ifodasini topgan: "Hamma uchun vijdon erkinligi diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega”. Demak, vijdon erkinligi degan tushunchaning mazmun-mohiyatini xohlangan dinga e’tiqod qilish huquqidan tashqari, hech qanday diniy aqidaga e’tiqod qilmaslik huquqi ham tashkil etadi. Har bir insonning ushbu huquqi buzilishining oldini olish uchun mazkur modda “diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” degan muhim qoida bilan to‘ldirib qo‘yilgan. Buning zamirida vijdon erkinligiga nisbatan har qanday taxdidni bartaraf etish istagi yotadi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan Tuman IIB xodimi I.Ubaydulloyev o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 15 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonunining qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, Mazkur Qonunning 7 bob va 51-moddasini batafsil sharhlab, huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari, prinsiplari, turlari va ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining va ta’lim muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari hamda huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasi haqida batafsil ma’lumot berdi. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 15 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonunini targ‘ib qilish borasida ma’ruzachining fikr-mulohazalarini ma’qullab, ta’lim muassasalari rahbarlari ta’lim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlarga to‘xtaldi va maktab pedagogik jamoalari, o‘quvchilar ishtirokida xuquqbuzarliklar bilan bog‘lik boshqa holatlar haqida Ichki ishlar orgonlariga xabar qilish tartibi muhokama qilinib tegishli chora-tadbirlar belgilab olish va ishlab chiqish, targ‘ibot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish lozimligini aytib o‘tdi.
Muzokaraga so‘zga chiqqan o‘qituvchilardan I.Xayitovlar farzand tarbiyasida maktab, mahalla va ota- onalar hamkorligini jonlantirish, buning uchun nima ishlar qilish zarurligini aytib o‘tishdi.

Download 18.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling