“tasdiqlayman” Maktab direktori: Do’smuratov. A. N


Download 26.36 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi26.36 Kb.
#241032
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Reja uslub birlashma boshlang‘ich



“TASDIQLAYMAN”

Maktab direktori: _______________

Do’smuratov. A. N.

5-avgust 2020-yil
Surxondaryo viloyati

Bandixon tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli

34-sonli umumta’lim maktabi

Boshlang’ich ta’lim fan uslub birlashmasining 2020-2021-o‘quv yili uchun tuzilgan

ISH REJASI




Amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni

Bajarilish muddati

Mas’ul shaxs

1



O‘tgan 2019-2020-o‘quv yili yakunlari natijalarini tahlil etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi 2020-2021-o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlarning rejasini tuzish

5-avgustgacha

Metodbirlashma rahbari

2

Avgust shu’ba yig‘ilishlarida ishtirok etish va joriy 2019-2020-o‘quv yilidagi ta’lim yangiliklarini metodbirlashma yig‘ilishida o‘rganib chiqish

15-avgustgacha

Metodbirlashma rahbari

3

Boshlang’ich ta’lim metodbirlashmasining joriy o‘quv yili uchun tuzilgan yillik ish rejasi bilan tanishish va uni tasdiqlash

20-avgustga qadar

Metodbirlashma rahbari

4

Boshlang’ich ta’lim metodbirlashma a’zolarining yillik ish taqsimotini tuzish

20-avgustga qadar

Metodbirlashma rahbari




Boshlang’ich ta’lim mazmuni va darsliklardagi o’zgarishlar haqida tushuntirish ishlari

25-avgustga qadar

Metodbirlashma rahbari

5

DTS, o‘quv dasturlari asosida taqvim-mavzu reja tuzish va maktab ma’muriyatiga tasdiq uchun taqdim etish

25-avgustga qadar

Metodbirlashma rahbari

6

Boshlang’ich ta’limda STEAM texnologiyasidan foydalanib o’quvchilarning amaliy ko’nikalarini shakllantirish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari

7

Boshlang’ich ta’lim metodbirlashma a’zolari tomonidan 2020-2021-o‘quv yili davomida o‘tiladigan ochiq darslar jadvalini ishlab chiqish

25-avgustga qadar


Metodbirlashma rahbari

8

Boshlang’ich ta’lim fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish, o‘tkazish va natijalari bo‘yicha fan metodbirlashmalarda tahlil etish

Sentabr oyida

Metodbirlashma a’zolari

9

“Kichik fan olimpiadalari”da ishtirok etadigan 2-4- sinf o‘quvchilaridan iqtidorlilarini tanlab olish va ular bilan tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish.

10-sentabrga qadar

Metodbirlashma a’zolari



10

Boshlang’ich ta’lim metodbirlashma a’zolarining dars mashg‘ulotlari jarayonida AKT vositalaridan unumli va samarali foydalanishlarini nazorat qilish, kompyuter savodxonligi past bo‘lgan bo‘lgan o‘qituvchilarni qo‘shimcha AKT o‘rganish mashg‘ulotlariga jalb etish ishlarini olib borish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari



11

Boshlang’ich sinflarda sifatli masofaviy ta’limni yo’lga qo’yish. Onlayn darslar tayyorlash. Zoom va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari

12

Boshlang’ich ta’lim metodbirlashmasida “O‘rgan-o‘rgat” tavsiyasiga oid ishlarni tashkil etish va faoliyatini belgilangan tartib asosida olib borish hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yig‘ilishlarga tahliliy ma’lumot kiritish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari

13

Ichki monitoring xizmati a’zolari tomonidan choraklar kesimida olingan o‘quvchilarning o‘zlashtirish monitoringi natijalariga ko‘ra, past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan o‘quvchilar va mavzularni ro‘yxatga olish va bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etish.

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari

14

“Murakkab fan o‘rganaman” tavsiyasi asosida o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish hamda natijalariga ko‘ra o‘quvchilar uchun murakkab deb topilgan mavzular bo‘yicha kengaytirilgan dars ishlanmalarini yaratish

Choraklar kesimida

Metodbirlashma a’zolari

15

“Uzluksiz va uzviy” tavsiyasi bilan o‘qituvchilarni tanishtirish hamda unda belgilangan ko‘rsatmalar bo‘yicha ishlarni tashkil etib borish hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha yig‘ilishlarga tahliliy ma’lumot kiritish

Noyabr oyida o‘tkaziladigan yig‘ilish

va o‘quv yili davomida



Metodbirlashma a’zolari

16

“Kichik fan olimpiadalari”ning 1-maktab bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini olib borish hamda yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish va natijalari yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni metodbirlashmada muhokama etish

4-11 noyabr kunlari

Metodbirlashma a’zolari

17

Boshlang’ich ta’lim metodbirlashma a’zolari tomonidan mavzular kesimida “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida yaratilgan namunaviy dars ishlanmalar bankini yaratish

Choraklar kesimida

Metodbirlashma a’zolari

18

O‘qituvchilarning darslarini “Dars muqaddas” tavsiyasida keltirilgan dars tahlillari turlariga ko‘ra tahlil etib borish va natijalari asosida amaliy-metodik yordamni tashkil etish

Har oy yakunida

Metodbirlashma a’zolari

19

Bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish hamda ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni maktab ma’muriyati tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida o‘tkazib borish.

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari

20

Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasida “Ustoz-shogird” yo‘nalishidagi ishlarni tashkil etish va uning tahlilini metodbirlashma yig‘ilishlarida muhokama etish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari

21

2-3-4 sinflarda fanlardan tashkil etilgan fan to‘garaklariga o‘quvchilarni jalb etish va ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni belgilangan jadval asosida o‘tkazib borish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari

22

O‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarida belgilangan vazifalarning ijrosini nazorat qilib borish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma rahbari

23

O‘qituvchilarning malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyati bo‘yicha taqdimotlar tashkil etish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma rahbari

24

Shaxsga yo‘naltiruvchi, rivojlantiruvchi, tajriba-tadqiqot, jadalashtirish va faollashtiruvchi texnologiyalarni dars jarayonida samarali qo‘llanilishi borasida o‘quvlar o‘tkazib borish

Har chorak yakunida

Metodbirlashma rahbari

25

Dars jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar ro‘yxatini tuzish va o‘qituvchilar tomonidan dars jarayonida samarali qo‘llanilishini nazorat qilib borish va bu borada metodik yordamlar tashkil etish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari

26

Mavzular bo‘yicha taqdimotlar va videodarslar bankini yaratish va dars jarayonida samarali qo‘llash

Choraklar kesimida

Metodbirlashma rahbari

27

Boshlang’ich ta’lim samaradorligini oshirish uchun internet tarmoqlaridan foydalanish

http://www.uzedu.uz http://www.ziyonet.uz

http://www.rtm.uz http://www.bilimdon.uz

http://www.lex.uz https://t.me/edurtm_uz

http://www.pedagog.uz http://www.teacher.uz

http://www.eduportal.uz http://www.multimedia.uz



O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari

28

O‘quvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish. Baholash modellarini qo’llash

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari



29

Boshlang’ich ta’lim fan o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida o‘quvchilarga mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni olishda AKT (internet, ZiyoNET tarmoqlari) dan foydalanishlarini nazorat qilib borish

Har chorak yakunida

Metodbirlashma rahbari

30

Boshlang’ich ta’lim fan o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida fanlardan mavzuga oid qo‘shimcha k’o’rgazmalar tayyorlab borish

O‘quv yili davomida

Metodbirlashma a’zolari



31

Boshlang’ich ta’lim fan o‘qituvchilarining mutaxassisliklari bo‘yicha bilim darajalarini oshirib borish maqsadida ichki nazorat sinovlarini tashkil etish hamda tahliliy ma’lumotlarni Direktor huzuridagi yig‘ilishlarga muhokama uchun kiritib borish

Har chorak yakunida

Metodbirlashma rahbari


32

Ilg‘or tajribaga ega, pedagogik faoliyatida yuqori sifatli jarayonni tashkil etgan, ijodkor o‘qituvchilarni saralab olish hamda ommalashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida Pedagogik kengashga tavsiya berish

Aprel oyida

Metodbirlashma a’zolari


33

Yakuniy attestatsiya va sinfdan-sinfga ko‘chirish bosqichli nazorat imtihonlari materiallarini o‘rganib chiqish, o‘quvchilarni imtihon sinovlariga tayyorlash hamda o‘tkazish ishlarini tashkil etish.

May, iyun oylarida

Metodbirlashma a’zolari

34

O‘qituvchilarning o‘quv yili davomida olib borgan pedagogik faoliyatining taqdimoti va yakuniy tahlili

May oyida

Metodbirlashma rahbari



Download 26.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling