TASDIQLAYMAN
Maktab direktori: I.Qayumov
25.02.2023yil
Sherobod tumanidagi 30-umumta’lim maktabida bo’lib o’tgan otalar yig’ilishi
BAYONNOMA № 2
03.11.2022yil «Hakimobod» MFY
Yig’ilish raisi: U.Odinaev - maktab otalar qo’mitasi raisi
Taklif etildi. «Hakimobod» . MFY yoshlar etakchisi F.Rahmonov
Qatnashdilar: 30-umumta’lim maktabi o’quvchilarining otalari va maktab o’qituvchilari
KUN TARTIBIDA
1. 30-umumta’lim maktabida DTS talablarining bajarilishi va «Kundalik-Com»ga ota-onalar a’zoligi vazifalari. Ma’ruzachi maktabning O’IBDO’ B.Amanov
2. 11-chorakda amalga oshirilgan ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar haqida. Ma’ruzachi maktabning MMIBDO’ M.Mamanazarov
3. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 28-iyuldadi 246-sonli buyrug’inining mazmun mohiyatini otalarga tushuntirish. Ma’ruzachi maktab psixologi X.Bo'riev
Yig’ilishni ota-onalar yig’ilishi raisi Usmon Odinaev ochib berib, kun tartibidagi masalalar bilan yig’ilish qatnashchilarini tanishtirish uchun so’zni maktab direktori I . Qayumovga berdi. maktab direktori I . Qayumov o’z nutqida hoziri kunda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohatlar to’g’risida va 30-umumta’lim maktabida bajarilayotgan ishlar xususida yig’ilish ishtirokchilariga ma’lumotlar berdi.
Kun tartibidagi 1- masala bo’yica maktabning O’IBDO’ B.Amanovso’zga chiqib 30-umumta’lim maktabida 11-chorakda DTS talablari to’liq bajarilganligi , barcha o’quvchilar chorakni muvoffaqiyatli yakunlanganligi, to’g’risida otalarga ma’lumotlar berdi. O’quvchilarning ota-onalariga kundalik kcomda har-bir ota-ona har kuni farzandlarining davomatni va kundaligini nazorat qilib borish kerakligini takidlab o’tdi.
O’tgan o’quv yilida o’quvchilarning bu o’quv yilida bu ko’rsatgichni yanada oshirish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish, bu borada otalar bilan hamkorlikni oshirish va oliy ta’limga kirish uchun tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish kerakligi aytib o’tildi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan Maktabning MMIDO’ M.Mamanazarov 11-chorakda amalga oshirilgan ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar haqida maktab imkoniyatidan kelib chiqib yangi o’quv yilida o’quvchilar bilimini oshirish o’qish samaradorligini ko’tarish o’quvchilar bo’sh vaqtini samarali olib borish bo’yicha turli fan va sport to’garaklar faoliyati haqida malumot berib o’tdi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan maktab psixologi X.Bo'riev O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 246-sonli buyrug’inining mazmun mohiyatini ota-onalarga tushuntirib berdi va O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 246-sonli buyrug’inining 2- ilovasi bo’yicha maktabda «Namunali muallim», «Namunali o’quvchi», «Namunali ota-ona» mezonlari joriy etilib goliblar aniqlanganligini takidlab o’tdi. O’quvchilarning otalariga kiyinishi madaniyati, maktab formasiga amal qilishi kerakligini takidlab o’tdi.
Yuqoridagi masalalar atroflicha muhokama qilinib yig’ilish
QAROR QILADI:
1. 30-umumta’lim maktabida DTS talablarining bajarilishi va Kundalik-Comga ota-onalar a’zoligi vazifalari maktabning O’IBDO’ B.Amanov
zimmasiga yuklatilsin.
2. Ma’naviy –ma’rifiy tadbirlarni sifatli amalga oshirish maktabning MMIBDO’ M.Mamanazarov zimmasiga yuklatilsin.
3. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 246-sonli buyrug’ining mazmun mohiyatini otalarga tushuntirish ishlari sinf rahbarlar zimmasiga yuklatilsin.
3.Yuqoridagilarning bajarilishini nazorati MMIBDO’ M.Mamanazarov zimmasiga yuklatilsi
Maktab direktori: I.Qayumov
Yig’ilishni rasmiylashtiruvchi: M.Mamanazarov
Sherobod tumani 30-umumta’lim maktabida bo’lib o’tgan otalar yig’ilishidan foto lavhalar
Do'stlaringiz bilan baham: |