"tasdiqlayman" Maktab direktori S. Qaxxarov
Download 195.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Fan togarak nizomi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob. Ko’rik tanlov o’tkazishning asosiy maqsadi va vazifalari
- II bob. “Fan to’garaklar” nomidagi ko’rik tanlovning o’tkazish tartibi.
- IV bob. “Fan to’garaklar” nomidagi ko’rik -tanlovning g’oliblarini taqdirlash.
"TASDIQLAYMAN" Maktab direktori ________ S.Qaxxarov “16” mart 2023 yil Boshlang’ich sinflar o’quvchilar o’rtasida “Fan to’garaklar” nomidagi ko’rik tanlov o’tkazish NIZOMI Mazkur tartib boshlang’ich sinf o’quvchilar o’rtasida “Fan to’garaklar” nomidagi ko’rik tanlov o’tkazish tartibini belgilaydi. I bob. Ko’rik tanlov o’tkazishning asosiy maqsadi va vazifalari. 1. “Fan to’garaklar” nomidagi ko’rik tanlov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash” to’g’risidagi qarorini ijrosinni ta’minlash 2. Boshlang’ich sinf uquvchilari orasidan matematika, ona tila va o’qish savodxonligi bo’yicha bilimli, ushbu fanga qiziquvchi, intiluvchan va ijodkor o’quvchilarni aniqlash hamda ulardagi ijodiy qobiliyatlarni ro’yobga chiqarishga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish 3. Tanlov g’oliblarining erishgan yutuqlarini o’quvchilar orasida keng targ’ib qilish va direktor jamg’armasidan rag’batlantirish. II bob. “Fan to’garaklar” nomidagi ko’rik tanlovning o’tkazish tartibi. 4. “Fan to’garaklar” nomidagi tanlovda maktabning 1-4-sinf o’quvchilari ishtirok etadi. 5. O’quvchilar o’rtasida “Fan to’garaklar” nomidagi tanlovi 2022-2023 o’quv yilidan boshlab har yarim yillikda o’tkaziladi. 6. Tanlov 1-sinf o’quvchilari o’rtasida o’qish savodxonligi va husnixat bo’yicha; 2- 4 –sinflar o’rtasida matematka, ona tili o’qish savodxonligi bo’yicha o’tkaziladi. 7. Ko’rik -tanlov 5 kun davomida tashkil qilinadi. Bunda ishtirokchilarga DTS talablariga mos diktant va yozma ish varianlari tanlab olinadi hamda notanish matnda o’qish tezligi aniqlanadi. DTS talablaridagi sifat bosqichlari aniqlanadi va foizlarda baholanadi. 8. Maktab rahbariyati tanlovni tashkil qilish va o’tkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni ta’minlaydi, hakamlar hay’ati tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi. III bob. Hakamlar hay’ati. 9. Hakamlar hay’ati tarkibiga matematika va ona tili va adabiyot fanlarining tajribali o’qituvchilari kiritiladi 10. Hakamlar hay’ati tomonidan bajarilgan ishlar baholash mezoniga muvofiq adolatli baholanadi, o’quvchilarning fanlardan egallagan ballari umumlashtiriladi va umumiy o’rtacha sifat ko’rsatkichi aniqlanadi va yakuniy dalolatnoma tasdiqdangan holda tashkiliy qo’mitaga topshiriladi. IV bob. “Fan to’garaklar” nomidagi ko’rik -tanlovning g’oliblarini taqdirlash. 11. Ko’rik tanlovda sinflar kesimida 1-2-3 o’rinni olgan eng yuqori natija olgan jami 12 nafar o’quvchilar esdalik sovg’a va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi. 12. Ko’rik tanlovda sinflar kesimida g’oliblar aniqlanadi sifat ko’rsatkichi 71% va undan yuqori bo’lgan sinf rahbarlari direktor jamg’armasidan mukofotlanishga tavsiya beriladi. Download 195.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling