Tasdiqlayman” Maktab direktori
Download 3.58 Mb.
|
4-sinf Sinf soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
- Milliy va umummadaniy kompetensiyasi
MMIBDO‘: ___________________
Sinf rahbar: ___________________ Mavzu: Xotira muqaddas (Xotira va qadrlash kuni oldidan). (Xotira va qadrlash kuni oldidan). I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash. Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Mavzuga oid rasm,plakat,va bukletlar,slaydlar,texnik vositalar. Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash O`qituvchi: Men seni sevaman onajon Vatan, Xushsurat,xushsuhbat momolarimni. Men seni sevaman jonajon Vatan, Har so`zi hikmat bobolarimni. II.Asosiy qism: Bu ko`hna dunyo paydo bo`libdiki,Yer yuzida hayot guli-Hazrati Inson yaralibdiki,Xotira bor,mehr-muhabbat bor.Demak,Qadr bor.Ayniqsa,bizning mamlakatda Xotira va Qadr o`zgacha mazmun,nufuz va ma`noga ega.Davlatimiz Rahbari 9-may—“Xotira va Qadrlash kuni”ni umumxalq bayrami deb e`lon qilar ekan:”Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini,bor kuch-quvvatini ayamagan biror-bir faxriy,biror-bir kishi unutmasligi kerak.Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatilishi shart”,deya ta`kidlagan,edi.Zero,bizning Vatanda har bitta insoning o`z munosib o`rni,qadr-qimmati,xotirasi bor.Biz,urush ko`rgan insonlar,faxriy pedagoglar bundan buyon ham yosh avlodni iymon-e`tiqodli qilib tarbiyalashda,ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat ,Vatanga sadoqat,mehr-muhabbat,kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashda o`z hayotiy tajribamiz,bilimimizni sarf etaveramiz.Inson sha`ni,qadr-qimmati har narsadan ustun bo`lgan yurtimizda kelajak avlod baxtu saodati uchun kurashgan jasorat sohiblari bemisl hurmat ,izzat-ikrom,beqiyos tashakkur,tahsinga loyiq. III.Yakuniy qism. Mavzu yuzasidan test. 1.Yurtdoshlarimiz nima maqsadda kurashdilar? a) Tinchlik uchun b) Urush uchun d) Boylik uchun e Mustaqillik uchun 2. Prezidentimiz nima maqsadda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” deb e`lon qildilar? a) O`tgan ajdodlarimizni xotiralash maqsadida b) Qatog`on qurbonlarini xotiralash maqsadida d) Keksalarni holidan habar olish e) Barcha javoblar to`g`ri Vatan haqida qanday maqol bilasiz? Vataning-oltin beshiging. Vatan ostonadan boshlanadi. Qo`shning tinch-sen tinch Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling