Tasdiqlayman” Maktab direktori


Download 3.58 Mb.
bet36/38
Sana13.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1769426
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
4-sinf Sinf soati

MMIBDO‘: ___________________
Sinf rahbar: ___________________
Mavzu: Velosipedda va piyoda harakatlanish qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda. O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism.
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
II.Asosiy qism:
Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo'lkasidan, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan yurishlari kerak. Qo'pol yuklarni olib ketayotgan, nogironlarning yurgizgichsiz aravasida borayotgan shaxslarning trotuar yoki yo'l yoqasidan yurishlari boshqa piyodalarning harakatlanishiga halaqit berayotgan bo'lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak. Trotuarlar, piyodalar yo'lkasi, yo'l yoqasi bo'lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati bo'lmagan hollarda piyodalar velosiped yulkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi bo'lagi bor yo'llarda qatnov qismining o'ng chetidan) bir qator bo'lib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida yo'lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo'nalishda yurishlari kerak.
Nogironlarning yurgizgichsiz aravasida ketayotgan, mototsikl, moped, velosiped etaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yunalishi buylab yurishlari kerak.
Eslatma: piyodalar yulkasida, trotuarlarda, yo'lning yoqasida piyodalarning harakatlanishiga halaqit beradigan qurilma va jihozlar o'rnatish man etiladi.
Velosiped va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:
rulni bir qo'lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);
yo'lovchi tashish (ishonchli oyoq qo'gich bilan jihozlangan qo'shimcha o'rindiqda 7 yoshgacha bo'lgan yulovchini tashish bundan mustasno);
gabaritdan bo'yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshkarishga halaqit beradigan yuklarni tashish;
velosiped yo'lkasi bo'lgani holda yo'lning qatnov qismida harakatlanish;
tramvaylar harakatlanadigan yo'llarda va tegishli yo'nalishda bo'lagi bittadan ko'p bo'lgan yo'llarda chapga burilish yoki qayrilib olish;
velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek, ulardan shatakka olishda foydalanish, (velosiped yoki mopedlarga mo'ljallangan tirkamalar bundan mustasno).



Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling