«tasdiqlayman» Markaz direktori M. K. Xalikova
Download 135.5 Kb.
|
3.03.Markaziy Osiyo xalqlari tarixi(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARIX FANINI O‘QITISH HUQUQINI BERISH BO‘YICHA KASBIY VA PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSINING “MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI” MODULI BO‘YICHA ISHCHI O‘QUV DASTURI
- Tuzuvchilar: D.Xakimova Q.Matxoliqov T.Jumayev - S.Shermuxamedova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI TOSHKENT SHAHAR PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI «TASDIQLAYMAN» Markaz direktori __________M.K.Xalikova «___»___________2022-yil. IJTIMOIY-IQTISODIY VA AMALIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI TARIX FANINI O‘QITISH HUQUQINI BERISH BO‘YICHA KASBIY VA PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSINING “MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI” MODULI BO‘YICHA ISHCHI O‘QUV DASTURI Toshkent – 2022 Mazkur ishchi o‘quv dasturi Milliy markazning 2022-yil 28-oktabrda o‘tkazilgan 9-sonli Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishi qarori bilan ma’qullangan va tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
Mazkur ishchi o‘quv dasturi “Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi” kafedrasining 2022-yil 21-oktabrdagi 10-sonli yig‘ilish qarori bilan ma’qullangan va tasdiqlash uchun Milliy markaz Ilmiy-metodik kengashi muhokamasiga tavsiya etilgan. Kafedra mudiri: D.Xakimova KIRISH Ushbu ishchi o‘quv dаsturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son, “2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur” 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmonlar va 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son, “Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarorlari, hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy tivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda Xalq ta’lim vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat ta'1im talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-son buyrug‘i ijrosini ta'min1ash maqsadida, belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olib, xalq ta'limi tizimi xodimlariga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqib, qayta tayyorlashning samarali usullarini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu ishchi o‘quv reja O‘zbekiston Respublikasi XTVning 2022-yil 17-oktabrdagi 321-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosati, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari, pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoniga psixologik yondashuv, o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, tarix fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar, tarix fanini o‘qitish metodikasi o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini o‘z ichiga oladi va ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Dastur doirasida berilayotgan mavzular xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari va o‘quv rejasi asosida shakllantirilgan bo‘lib, tarix fanini o‘qituvchilarini zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va o‘quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetensiyalarini muntazam yuksaltirishni nazarda tutadi. Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling