Kursning maqsadi va vazifalari
Kursning maqsadi: umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘qitiladigan tarix, shaxs va jamiyat kursining maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullarini o‘quvchilarga tarix, shaxs va jamiyatdan puxta bilim berish, ularni milliy g‘oyasi ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda hamda tarix o‘qitishning eng muhim vositalarini belgilashga mos bilim, ko‘nikma va shakllantirishdan iborat.
Kursning asosiy vazifalari:
- Markaziy Osiyo xalqlari tarixini chuqur o‘rgatish, hamda metodikani o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari, maqsadi, mazmuni, o‘qitish
uslublari, natijalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni asoslab berish;
- Ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoning samaradorligini
oshirish, zamon talablari, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tarix,
shaxs va jamiyat fanini o‘qitishga bo‘lgan munosabatlarni shakllantirish;
- Jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uyg‘unlik farqlarini ajratish, tarix
fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini
tinglovchilarga ko‘rsatib berish, tarix fanining asosiy yo‘nalishlarini tahlil va
tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotning rivojlanish
omillarini tahlil qilishda tarix fanining o‘rnini tushuntirish;
- Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fanining mohiyati va ko‘pqirrali ijtimoiy gumanitar fan sifatida uning tadqiqot ob’ekti tushuntirish;
- Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fani predmeti va tadqiqot metodlari, asosiy yo‘nalishlari, nazariy muammolari va asosiy maktablari to‘g‘risida ma’lumot berish;
- Dunyo xalqlari va o‘zbeklarning an’anaviy mashg‘ulotlari, xo‘jalik faoliyati, «madaniyat» tushunchasi va an’anaviy moddiy hamda ma’naviy madaniyat to‘g‘risida ma’lumot berish;
- Markaziy Osiyo xalqlari tarixini tushuntirish;
- O‘zbek xalqining turmush bosqichlarini o‘rgatishdan iborat.
Modul bo‘yicha soatlar taqsimoti
Do'stlaringiz bilan baham: |