Tasdiqlayman maydalash sexi boshlig`i B. U. Sadulloyevga


Download 102.5 Kb.
bet1/6
Sana23.12.2022
Hajmi102.5 Kb.
#1045478
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tVR-22


TASDIQLAYMAN
Maydalash sexi boshlig`i
___________B.U.Sadulloyevga «______»_____________2021y


Yog`ochga ishlov berish stanoklarida ishlayotgan shaxslar uchun mehnatni muhofaza qilish bo`yicha VR-22 yo`riqnomasidan
KO`CHIRMA

Kirish
Ushbu yoʻriqnoma turli modifikatsiyadagi yogʻochga ishlov berish stanoklarida ishlayotgan shaxs (matnning keyingi o'rinlarida xodim) lar uchun mo'ljallangan.
I Xavfsizlikning umumiy talablari 1.Yogʻochga ishlov berish stanoklarida mustaqil ravishda ishlashga 18 yoshdan kichik bo'lmagan, ishlarning xavfsiz uslublari va usullariga o'qib o'rgangan, tibbiy ko'rikdan, mehnat muhofazasi bo'yicha kirish yo'l-yoʻrig'idan, ish joyida birlamchi yo'l-yo'riqdan (instruktajdan) va mehnat muhofazasi talablari bo'yicha bilim tekshiruvidan o'tgan, kasbiy ko'nikmaga, elektr xavfsizligi boʻyicha kamida II chi guruhga, belgilangan shakldagi guvohnomaga ega bo'lgan, sog'lig'i monelik qilmaydigan shaxslar qo'yiladi. 2. Kelgusida xodim davriy ravishda quyidagilardan o'tadi: - belgilangan muddatlarda tibbiy ko'rikdan; - ishlarni xavfsiz olib borish bo'yicha takroriy yo'l-yo'riqdan-har chorakda 1 marta; - mehnat muhafazasi yo'riqnomalari bo'yicha bilim tekshiruvidan - 12 oyda I marta; - elektr xavfsizligi bo'yicha tegishli guruh hajmida bilim tekshiruvidan - 12 oyda 1 marta.



II. Ish boshlanishidan oldingi xavfsizlik talablari 3.Maxsus kiyim va poyafzalni tartibga keltirish va kiyish, osilib turgan laxtaklar bo`lmaydigan qilib kiyimni kirgizib qo'yish kerak, uning barcha tugmalarini qadash, sochlarni bosh kiyim ostiga olib qo'yish. Kiyimni nina to‘g‘nagʻich, ignalar bilan qadamaslik, kiyimning cho'ntaklarida o'tkir, sinadigan predmetlarni saqlamaslik. Ish uchun zarur bo'lgan boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini tayyorlab qo'yish. Maxsus kiyimning yenglarini shimarib qoʻyish, yengil turdagi oyoq kiyimda (shippak, sandal, bosonojkada) ishlash taqiqlanadi 4. Ish boshlanishidan oldin xodim quyidagilarga majbur: - smenani topshiriyotgan xodimdan jihozlar, ish joyi holati toʻgʻrisida, asosiy va yordamchi jihozlarning ishlashidagi nuqsonlar va nosozliklar haqidagi ma'lumotni olish; - xizmat ko'rsatiliyotgan jihozlarni, xizmat ko'rsatish maydonchalari va birkitib qo'yilgan maydonni aylanib ko'rib chiqish; - jihozlar hamda ish o'rinlarining tozaligini, maydonchalarni qoramoy bilan ifloslanmaganligini tekshirish, yo'laklarni bo'shatish; - stanokning aylanayotgan va harakatlanayotgan qismlarida himoyalovchi qurilmalar, stanokning tok uzatuvchi qismlarida toʻsiqlar, kesuvchi asboblarni mahkamlash uchun qurilmalar, mahkamlash asboblari va moslamalarning mavjudligi, sozligi va mustahkamligini tekshirish; - ogohlantiruvchi plakatlarni, yozuvlarning mavjudligi va holatini tekshirish; - shamollatish tarmoqlarning ishlashini tekshirish; - ishchi asboblarning mavjudligi va sozligini tekshirish; - elektr tarmogʻi simlarining osilib va yalang'ochlanib qolgan uchlari yo'qligini tekshirish; - smenani qabul qilish paytida aniqlangan nosozliklarni, kamchiliklarni smenani topshirish va qabul qilish jurnaliga yozib qo'yish; - begona predmetlar va ishlarni xavfsiz bajarilishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan barcha narsalarni olib qo'yish, ish joyini tartibga keltirish, qish vaqtida qor va muzdan tozalash, zarurat boʻlsa qum sepib qo'yish, uning yoritilganligiga ishonch hosil qilish. Materiallar, chala mahsulotlar va mahsulotlarni stanoklar yonida hamda ish o'rinlarida yer sathidan 1,7 metrdan ko'p bo'lmagan balandlikda dastalarga (g'aramlarga, paketlarga) joylangan bo'lishi kerak; - stanok yonida plankalarining orasidagi masofa 30 millimetrdan ko'p bo'lmagan ishga yaroqli yog'och panjarali to'shama mavjudligiga ishonch hosil qilish; - ishlov berilayotgan materialning toza va mixsiz ekanligiga ishonch hosil qilish. 5. Ishga tushiruvchi apparaturalarning sozligi, jihozlarning yerga (zaminlanishi) mavjudligi va mustahkamligini, elektr tarmog'i simlarining izolyatsiyasini ulanishi ishga yaroqliligini tekshirish. Elektr shkaflarning yopiqligiga va maxsus kalit bilan qulflanganligiga ishonch hosil qilish. 6. Himoya vositalarining mavjudligini tekshirish va ularning sozligiga, tashqi shikastlanishlarning yo'qligiga ishonch hosil qilish, changlardan tozalash. 7. Ishlar amalga oshirilayotgan joylarda ishga yaroqsiz yoki shikastlangan asboblar, moslamalar, himoya vositalarining bo'lishiga ruxsat etilmaydi 8. Ish o'rinlarida yogochga ishlov berish stanogining yonida mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqnoma osib qo'yilgan bo'lishi kerak.

Download 102.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling