Tasdiqlayman” Namangan xizmat ko’rsatish va servis texnikumi direktori: V v. b B. To’ychiyev “ ” 2020 yil
Download 49 Kb.
|
OPERATSION TIZIM
Interaktiv o’qitish metodlari. Interaktiv so’zi inglizcha so’z bo’lib, “inter” - o’zaro va “akt” - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interaktiv – ya’ni “o’zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Bunday o’zaro harakat turlariga o’quvchi va o’qituvchining maqsadli harakatini kiritish mumkin. Interaktiv o’qitishda o’qituvchi o’quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo’lib, o’quvchi bu faoliyatning subekti sifatida namoyon bo’ladi. Bugungi kunda o’qitish tizimidagi eng samarali interaktiv o’qitish metodlari va texnologiyalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin bo’ladi: “Keys-stadi”, “FSMU”, “Xulosalash (Rezyume)”, “Klaster”, “Charxpalak”, “Aqliy hujum”, “Skarabey”, “Venn diagrammasi”, “Tushunchalar tahlili”, “Akvarium”, “Pinbord”, “BBB”, “Juftliklarda ishlash”, “Beshinchisi ortiqcha” texnologiyalari va og’zaki, amaliy, ko’rgazmali, muammoli izlanish, bahs-munozara boshqa metodlar. Interaktiv o’qitish metodlari va texnologiyalari har bir o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Xususan, psixologiya fanini o’qitishda ham yuqoridagi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish mumkin. O’quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o’rgatishda ta’limning mantiqiy va interfaol metodlaridan samarali foydalanilgan holda amaliy mashg’ulot darslarni to’g’ri tashkil etishga e’tibor berish hamda o’quvchilarning nazariy egallagan bilimlarni amaliy malaka va ko’nikmalarga aylantirish lozim. Interaktiv usullar o’quvchilardan axborotlarni o’zlashtirish jarayonidagi faollikni, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, o’qitish maqsadlarining to’laqonli amalga oshishiga yordam beradi; Darsda o’quvchilarni mavzu bo’yicha yakka va kichik jamoa bo’lib fikrlash, to’plangan fikrlarni va o’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatadi; O’quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo’lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o’z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qo’llashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo’llay olishga o’rgatadi; Ta’lim berishning zamonga xos texnik vositlaridan: o’quv qo’llanma, kompyuter, proektor, slaydlar, multimedia, flipchart, tarqatma materiallar va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak. Download 49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling