Tasdiqlayman” Navbahor tuman 8-son dmtt direktori Sh. Qalandarova “ ” 2022 yil
Download 73.75 Kb.
|
Маънавият соатлари баёни
Bayonlashtirdi G.Rajabova
“TASDIQLAYMAN” Navbahor tuman 8-sonli “Bulbulcha” DMTT direktori _______________Sh.Qalandarova “_____” __________2022 yil Navbahor tuman 21-mart Navro`z-umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro`z-yangilanish va ezgulik” timsoli mavzusida o`tkazilgan ma`rifat soati BAYONI Joriy yilning 18-mart kuni Navbahor tumani 8-sonli “Bulbulcha” DMTT da ma`rifat soati tashkil etildi. Ma`rifat soatida maktabgacha ta`lim tashkiloti mas`ul xodimlari ishtirok etdi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng O`zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ananalari kuchga kirdi, jumladan navro`z bayramini nishonlash o`ziga xos tusga ega bo`ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do`stlik va birlik ramziga ega bo`lgan umuxalq bayramidir. Bugungi kunda Navro`z bayrami Alisher navoiy maydonida tantanali ravishda nishonlanadi. Navro`z bayrami for-tojik va turkiy xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21- mart kuni nishonlanib aynan kun va tun teng bo`lgan paytga mos keladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha Navro`zning shakllanish davri- eng qadimgi zamonlardan “Zardushtiylik”ning paydo bo`lishigacha davom etgan asrlarni o`z ichiga olgan Navro`z so`zi fors-tojik tilidan olingan bo`lib “yangi kun ” degan ma`noni bildiradi. O`sha kunlarda hatto urush va janjallar ham to`xtatilgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosiblarni taqdirlagan. Navro`zning qacho va qanday vujudga kelganligi aniq ko`rsatish qiyin bo`lsada, shuni aytish mumkinki bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki navro`zning dunyoga kelishi chuqur ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonunlari , ya`ni quyoshning hamal burjiga kirishi tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi bog`liq bo`ladi. Sharq xalqlarining eng hayotbaxsh va qadimiy bayrami navro`zning qachon paydo bo`lgani xususida turli mulohazalar bildirilgan. Atoqli olim Xodi Zarif Navro`zi olamning yoshi kamida uch ming yil, xatto undan ham kattaroqdir deb aytgan. Zero X asr Buxorolik olim Narshahiy dehqonlarning navro`zda aytiladigan Siyovush nomi bilan bog`liq qo`shiqlari haqida gapirib o`tgan. Navro`z bayrami 21- martdan 22 martga o`tar kechasi “qozon to`la” udumi bilan boshlanadi.Navro`zda qozon-qozon sumalaklar qaynashi-to`kin-sochinlik, serhosillik qut-baraka olib keladi. Har yili shu kuni respublikaning barcha viloyatlaridagi xiyobonda bayram sayillari tashkil qilinadi. Download 73.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling