Tasdiqlayman” Navbahor tuman 8-son dmtt direktori Sh. Qalandarova “ ” 2022 yil
Download 73.75 Kb.
|
Маънавият соатлари баёни
Bayonlashtirdi G.Rajabova
“TASDIQLAYMAN” Navbahor tuman 8-sonli “Bulbulcha” DMTT direktori _______________Sh.Qalandarova “_____” __________2022 yil Navbahor tuman 8-sonli “Bulbulcha” DMTT da 9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan “Temur qalamida adolat ramzi” mavzusida ma`rifat soati BAYONI Joriy yilning 8-aprel kuni Navbahor tumani 8-sonli “Bulbulcha” DMTT da ma`rifat soati tashkil etildi. Ma`rifat soatida maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlari ishtirok etdi. Amir Temur o`z davlatini aql-idrok, zakovat va huquqiy asoslariga tayangan holda idora etib, boshqaruvda ijtimoiy adolat tamoillariga rioya qilishni o`zining asosiy burchi deb bilgan. Dunyoning taniqli davlat vajamiyat arboblari, olimlari hamda adiblar o`z ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va ijodiy faoliyati davomida buyuk ajdodlarimiz, xususan , sohibqiron Amir Temurning jahon svilizatsiyasi hamda madaniyati rivojiga qo`shgan munosib ulushini yuksak baholab kelmoqda. Amir temur salkam olti asr avval davlatlararo manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni, xalqlar o`rtasida do`stlik va hamjihatlik rishtaralarini bog`lash yo`lida jon kuydirgan. Bu ishlar saltanatining yorqin istiqbolini ta`minlash borasida muhim omil ekanligi teran anglagan sohibqiron Yevropa va Osiyo mamalakatlari o`rtasida ishonch ko`priklarini mustahkamlab, bir tomondan- Fransiya, Ispaniya, Angliya kabi qator davlatlar bilan hamkorlik o`rnatadi. Amir Temur , o`z navbatida o`sha davrning deyarli barcha yirik davlatlari va ularning hukmdorlari bilan doimiy diplomatik aloqalar olib boradi .Turli davlatlarga o`z elchilarini yuboradi. Buyuk davlat arbobi Amir Temur Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, hatto jahon tarixida salmoqli o`rin egallagan ana shunday siymolardan biridir. Amir Temur Markaziy Osiyo xalqlarini yagona tug` ostida birlashtirishga muvofiq bo`lib, tarix zarvaraqlaridan mohir sarkarda, shu bilan, birga, bunyotkor shaxs sifatida ham o`chmas iz qoldirdi. Amir Temurning shonli hayot yo`li bugungi kunda ham dunyoning ko`plab davlatlariga sharqshunoas olimlar a`tiborini jalb qilib, hatto ayrim Yevropa solnomalarida uni “Yevropa xaloskori” ham deb yozishgan. Biz Sohibqiron tarixini o`rganish borasida o`zbekistonlik hamkorlarimiz bilan qo`shma ilmiy tadqiqot olib borib kelinmoqda. Download 73.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling