«tasdiqlayman» Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B. B. Sobirov 2022-yil “ ”
Download 0.78 Mb.
|
Mediasavodxnlik majmua 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internetning axborot, kommunikatsion funksiyalari.
Intranet - bu internet texnologiyasi, programma ta'minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma'lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog`idir. Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron ma'lumot, ma'lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul hamda shartlarini bilishi zarur bo`ladi.
Server - bu boshqa kompyuter va programmalarga xizmat ko`rsatadigan kompyuter yoki programmadir. Yani boshqa kompyuterlarga o`zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter Server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir necha Server ishlashi mumkin. Internetda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo`lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari internet tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha elektron xujjat va ma'lumotlar bazasini giperbog`lanishlar yordamida o`zaro bog`lab yagona informatsion muxit qurish, unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo`ladi. Internet tarmog`ining texnik ta'minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun'iy yo`ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmog`ining dasturiy ta'minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta'minlovchi dasturlar. Internet tarmog`ining axborot ta'minoti Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Internetning axborot, kommunikatsion funksiyalari. Internetning ikkita asosiy vazifasi bo`lib, buning birinchisi axborot makoni bo`lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir. Internetning axborot funktsiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo`lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jahon miqyosida nihoyatda tez sur'atda e'lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi. Internetning yuqori suratlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashrchilikda keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida Nyu-Yorkdagi yoki Frantsiyadagi eng so`nggi xabarlarni Toshkentga yetkazib berish, gazeta va o`quv darsliklarni tayyorlash, nashr qilish hamda ularni keng o`quvchilar ommasiga tarqatish, hozirgi mavjud usullardan bir necha o`n barobar arzon, tez va samaraliroq bo`ladi. Ma'lumot uchun: Hozirgi kunda 240 sahifali tayyor o`quv qo`llanmani tipografik usulda 100 00 nusxada chop etish va uni tarqatish 9-10 million so`m mablag` talab qilsa, uning elektron nusxasini tayyorlash va internet sahifasiga joylashtirish uchun esa 7-8 yuz ming so`m mablag` zarur bo`ladi, binobarin undan foydalanuvchilar sonining chegarasi bo`lmaydi. Internetning kommunikatsion funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o`zaro muloqot qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet-telefon va real vaqt oralig`idagi bevosita xabar almashish, chat-konferentsiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling