Trolling (cyber trolls) – Internet-trol yoki onlayn bezorilik, Facebook postlarida, bloglarida, YouTube videolari ostida, forumlarda va Twitter va Instagram kabi boshqa ijtimoiy tarmoqlarda haqoratomuz izohlar qo’yish orqali odamlarni ataylab xafa qilishga, muammo tug’dirishga yoki bevosita hujum qilishga urinish.
Xeyting (hate) – “Nafrat nutqi” ijtimoiy tinchlikka tahdid solishi mumkin bo’lgan irqi, dini yoki jinsi kabi o’ziga xos xususiyatlarga asoslangan guruh yoki shaxsga qaratilgan haqoratli nutqni anglatadi.
Manipulyatsiyaning bu kabi juda o’tkir va ta’sirli usullaridan himoyalanishda media va axborot savodxonligi juda zarur hisoblanadi. Shuningdek, quyidagi vizual axborotda keltirilgan tavsiyalar orqali ham media iste’molchilar o’zlarini manipulyatsiyadan himoya qilishlari va uning ta’siriga tushib qolishdan saqlanishlari mumkin.
Media iste’molchi sifatida sizga taqdim etilayotgan kontentni saralash, baholash va qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lish orqali siz o’zingiz uchun himoya qobig’i yaratishingiz mumkin. Agar bundan kompitensiyalar sizda hali mukammal darajada shakllanmagan bo’lsa, media mahsulotlar iste’molida ehtiyotkor bo’lganingiz ma’qul, chunki axborot changalzorida manipulyatorlar nishoniga aylanib qolishingiz mumkin.
Mustahkamlash uchun mashqlar!
1-mashq: Quyidagi savollarga javob bering!
Har kuni necha soat vaqtingizni axborot olishga sarflaysiz?
YAngiliklarni qayerdan yoki qaysi manbalardan olasiz?
Ijtimoiy tarmoqlarda o’z sahifangizga egamisiz?
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda qanday kontentni e’lon qilib borasiz?
Manipulyatsiya usullarini sanab bering!
Media manipulyatsiyadan himoyalanish uchun qanday choralarni ko’rish kerak, deb o’ylaysiz?
2-mashq: Quyidagi rasmlarda qanday manipulyativ axborot borligini aniqlashga harakat qiling va fikringizni izolang!
GLOSSARIY
Axborot
|
-
|
moddiy olam ob’ektlar, voqea va xodisalar haqidagi ma’lumotlar to’plami
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |