Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo`lish asoslari
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
2. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo`lish asoslari
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo`lish asoslari deganda, mulk huquqining olinishi yoki yo`qotilishi bilan bog`liq bo`lgan yuridik faktlar nazarda tutiladi. Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning iqtisodiy tizimi o`z ifodasini topadi. Mulk huquqining olinishi: dastlabki va hosila asoslariga bo`linadi. Mulk huquqining vujudga kelishini bildiradigan dastlabki asoslar bo`yicha mulkka nisbatan subyektiv fuqarolik huquqi ilgari hech kimga tegishli bo`lmagan mulkka nisbatan yoki avvalgi mulk egasining huquqi bilan bog`liq bo`lmagan holda vujudga keladi. Mulk huquqining dastlabki asosda vujudga kelishi: birinchidan, tabiat ne'matlarini o`zlashtirish; ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish; uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga olinishi; to`rtinchidan, egasi bo`lmagan mulkka yoki egasi bo`lsa ham xo`ja-sizlik bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan muddat-larda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan topilgan ashyolar, xa-zinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi hollarida yuz beradi. Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga kelti-ruvchi muddat o`ziga xosdir. Mulkdor bo`lmagan, lekin ko`chmas mol-mulkka o`n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil davomida o`ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya'ni to`la ma'noda mulkdor huquqlariga ega bo`ladi (FK, 187-modda). Muhimi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to`g`risida”gi qarorida belgilanishicha, ushbu 187-moddaning qoi-dalari mulkka egalik qilish 1997-yilning 1-martiga (ya'ni, yangi FK amalga kiritilgunga qadar) qadar boshlangan va kodeks amalga kiritilayotgan vaqt-da davom etayotgan hollar ham tatbiq etiladi. Demak, ushbu holat bo`yi-cha FK normasi orqaga qaytish kuchiga ega bo`ladi. Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki asoslaridan yana biri - hamma yig`ib olishi mumkin bo`lgan ashyolarni mulkka aylantirishdir. FKning 189-moddasida ko`rsatilishicha, qonun hujjatlarida yovvoyi meva-lar, yong`oq, zamburg`lar, rezavor mevalar hamda o`simlik, hayvonot dunyosi va jonsiz tabiatning hamma olishi mumkin bo`lgan boshqa obyektlarini yig`ish yo`li bilan fuqarolar mulkiga aylantirish tartibi va shartlari belgilab qo`yilishi mumkin. Bunday tartibda mulk huquqi o`r-monlardan qo`ziqorin, mevalar terish, dashtu tog`lardan dorivor giyohlar to`plash, daryo va ko`llardan baliq ovlash orqali vujudga kelishi mumkin. Biroq, ma'lumki, ushbu mulk obyektlari o`sgan mavjud hudud xususiy mulk huquqi asosida boshqaga tegishli bo`lmasligi lozim. Mulk obyekt-larining ba'zilarini ovlash uchun vakolatli davlat organida ruxsat (litsen-ziya) olingan bo`lishi talab etiladi. Ayni vaqtda baliq va boshqa jonivorlar-ni ovlash ovga ruxsat berilgan mavsumdagina yo`l qo`yiladi, aks holda ovlangan jonivorlar musodara qilinib, ov qurollari olib qo`yilishi va ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo`llanilishi mumkin. Egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqi ham dastlabki asosda vujudga keladi. Egasi bo`lmagan yoki egasi noma'lum ashyo egasiz ashyo hisob-lanadi. Egasiz ko`char ashyolarga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat asosida qo`lga kiritilishi mumkin. Bunday ashyo tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organi arizasiga muvofiq ko`chmas mol-mulkni davlat ro`yxatiga oluvchi organda hisobga olinib, uch yil o`tgach, tegishli davlat organi talabi asosida sud tomonidan davlatga o`tkazilishi mumkin. FKning 192-moddasida topilmaga nisbatan mulkiy huquqlarning vujudga kelishi xususiyatlari belgilangan. Unda ko`rsatilishicha, yo`qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo`qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo`lgan o`zga ma'lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan bo`lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo`lmish shaxsga topshi-rilmog`i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qo`lga kiritadi va uning majburiyatlarini o`z zimmasiga oladi. Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo`lgan shaxs noma'lum bo`lsa yoki uning manzili bo`lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to`g`risida militsiyaga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organiga ma'lum qilishi shart. FKning 193-moddasiga asosan olti oy mobaynida topilmaning egasi aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini qo`lga kiritadi (agar u bu huquqdan voz kechsa, topilma davlat mulkiga o`tadi). FKning 196-moddasida xazinaga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi xususiyatlari belgilab qo`yilgan. Xazina deb egasini aniqlash mum-kin bo`lmagan yoki qonunga binoan huquqlarini yo`qotgan, yerga ko`mil-gan yoki boshqacha usulda yashirilgan pul yoki qimmatbaho buyumlarga aytiladi. Yashirib qo`yilgan mol-mulk (yer uchastkasi, imorat va sh.k.) mulkdori bo`lgan shaxsga va xazinani topgan shaxs mulkiga agar ular o`rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, teng ulushlarda tegishli bo`ladi. Xazina u yashirib qo`yilgan yer uchastkasi yoki boshqa mol-mulk egasi - mulkdorning roziligisiz qazishma ishlarini olib borgan yoki boylik qidirgan shaxs tomonidan topilgan taqdirda, bu xazina u topilgan yer uchastkasining yoki boshqa mol-mulkning egasiga topshirilishi shart. Tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topilgan taqdirda, ular davlat ixtiyoriga o`tadi. Biroq xazina topilgan yer uchastkasi egasi va xazinani topgan shaxs xazina qiymatining ellik foizi miqdorida mukofot olishga haqli. Xazina topish uchun qazishma va qidiruv ishlarini olib borish mehnat yoki xizmat vazifalariga kiradigan shaxslar (Masalan, arxeologlar, geologlar)ga nisbatan yuqoridagi qoidalar qo`llanilmaydi (FK,196-modda, 5-band). Mulkka nisbatan egalik huquqini vujudga keltiruvchi hosila usuli deganda muayyan shaxs tomonidan mulk huquqining olinishi dastlabki mulk egasining huquqiga bog`liq bo`lgan usul nazarda tutiladi. Bu usulda mulk huquqining ma'lum ashyoga nisbatan paydo bo`lishi yoki bu ashyoga nisbatan mulk huquqining ilgari ma'lum shaxsga tegishli bo`lishi bilan bog`liqdir. Shu ma'noda mulk huquqining boshqa shaxsga o`tishi haqida so`z yuritiladi. Binobarin, hosila usuli bo`yicha mulk huquqi vujudga kelganda, mulkka nisbatan bo`lgan huquqni bir shaxsdan ikkinchi shaxsga ko`chirilishi to`g`risida so`z boradi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi yo`li bilan ashyoga nisbatan egalik huquqi bir shaxsda, ya'ni sotib oluvchida paydo bo`ladi. Mulk huquqining hosila usulida vujudga kelishiga oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, qarz shartnomalari; shuningdek, qonun va vasiyat bo`yicha meros olish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali olinishi misol bo`la oladi. Fuqarolik kodeksining 185-moddasida ko`rsatilganidek, shartnoma asosida mol-mulk oluvchida mulk huquqi, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, ashyo topshiril-gan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ashyoni birovga o`tkazish to`g`risidagi shartnoma notarial guvohlantirilishi yoki davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim bo`lsa, egalik huquqi bunday shartnoma notarial guvoh-lantirilgan yoki ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran vujudga keladi. Qonunda uy-joy (kvartira)ga mulk huquqining vujudga kelishi belgilangan tartibda ajratib berilgan yer uchastkasida qurilayotgan yangi uy-joyga mulk huquqi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab vujudga kelishi belgilangan. Bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ko`rilayotgan uy-joy qurilish tamom bo`lguncha va ro`yxatdan o`tkazilguncha mahalliy hokimiyat organlarining ruxsatisiz boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Davlatga qarashli uy-joy (kvartira)ga mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi. Kooperativ uy-joyga, kvartiraga, garajga, chorboqqa va boshqa binolarga mulk huquqi kooperativ a'zosi pay badallarini batamom to`lab bo`lgandan keyin vujudga keladi (FK,210-modda). Ba'zi ashyolarga nisba-tan esa egalik huquqi ashyo topshirilishidan so`ng yoki ashyoning qiymati to`la yoki qisman to`langandan so`ng vujudga kelishi belgilanishi mumkin. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tkazilgan holda, agar bunday o`tkazish tegishli organlardan ro`yxatdan o`tkazilishi shart bo`lsa, ashyoga nisbatan egalik huquqi shartnomaning qayd qilinishi paytidan e'tiboran vujudga keladi. Mulkka nisbatan egalik huquqining o`tish payti qonunda muqarrar belgilanishi birovga o`tkazilayotgan ashyolarning tasodifan nobud bo`lishi yoki buzilishi xavf-xatari, ya'ni buning natijasida yetkazilgan zarar kimning zimmasida bo`lishligini belgilash ham katta ahamiyatga egadir. FKning 175-moddasida belgilangan qoida bo`yicha mol-mulkning tasodifan nobud bo`lishi yoki buzilishi xavfi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, yetkazilgan zarar mulk egasining zimmasida bo`ladi. Agar ashyolarni birovga o`tkazuvchi shaxs topshirishni yoki oluvchi ularni qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning tasodifan nobud bo`lishi yoki buzilishi xavf-xatari kechiktirgan tarafda bo`ladi. Masalan, sotib oluvchi qurilish materiallarini qabul qilishni kechiktirsa, ashyolarning tasodifan nobud bo`lishi yoki buzilishidan kelgan zararni o`z zimmasiga oladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling