Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi
Mulk huquqining asosiy tamoyillari
Download 1.06 Mb.
|
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Mulk shakllari
3. Mulk huquqining asosiy tamoyillari
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (36,53,54-moddalar), FK (164, 165, 172, 228, 231-moddalar) va boshqa qonunlarda mulk huquqi-ning quyidagi asosiy tamoyillari o`z ifodasini topgan: 1. O`zbekiston Respublikasida mulk daxlsiz, mukldorning mulkiy huquqi qonun bilan kafolatlanadi va mulkdor bu huquqlardan faqat qonun-da nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin. 2. Iqtisodiyot samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o`sishi-ga yordam beradigan har qanday shakldagi mulkchilik bo`lishiga ruxsat beriladi. 3. Mulkchilikning hamma shakllari himoya qilinishi qonun bilan kafolatlanadi va ularning teng rivojlanishiga sharoit yaratib beriladi. 4. Mulkdor o`z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo`lmagan har qanday xatti-harakatlarni o`z xohishiga ko`ra sodir etishga haqli. 5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va davlat huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarga putur yetkazmasligi shart. 6. Har kim mulkdor bo`lishga haqli. 4. Mulk shakllari Iqtisodiy ma'nodagi mulk shakllari deyilganda moddiy ne'matlarni o`zlashtirish usullarining yig`indisi tushuniladi. Bunday usullar yakka tartibda yoki jamoat bo`lib yoxud davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Yuridik ma'nodagi mulk shakli – moddiy ne'matlarni muayyan subyektlarga tegishli bo`lishini (biriktirib qo`yishni) mustahkamlovchi va tegishli mulkning huquqiy rejimini belgilovchi huquqiy me'yorlar yig`in-disidan iborat.O`zbekiston Respublikasi FKning 167-moddasiga asosan O`zbekis-ton Respublikasida mulkchilikning quyidagi shakllari mavjud: 1. Xususiy mulk. 2. Ommaviy mulk. Davlat mulk shakllarini rivojlantirish uchun zarur huquqlarning tengligini ta'minlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulk shakllarini bunday turkumlash uchun mulk subyekti maqomi va mol-mulk rejimining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. O`z navbatida, xususiy mulk shakli quyidagi ko`rinishlarda (turlarda) namoyon bo`ladi: a) yakka shaxsga (individga) tegishli mulk (fuqarolar mulki); b) nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi: a) O`zbekiston Respublikasi mulki; b) ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk). Nazorat savollari. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling