Tasdiqlayman” O’ibdo’ Shokirova T. Sh “ ” 2012 yil nazariy dars rejasi


Download 1.06 Mb.
bet61/106
Sana05.05.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1429179
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
Bog'liq
Ҳуқуқшунослик Дарс Ишланма

B) Oila jamiyat muhofazasida.
Jamiyat tomonidan oila muhofaza qilinadi deyilganda, mam­lakatda mavjud bo’lgan jamiyatlar va jamg’armalar tomonidan nodav­lat notijorat tashkilotlarni oilaga ham moddiy, ham ma’naviy yor­dam berishlari tushuniladi. Bu qoida mustaqil Respublikaning Konstitutsiyasida belgilangan yangi qoidadir.
Mamlakatimizda jamoat tashkilotlari har xil jamg’armalar hisobidan oilani mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli moddiy va ma’naviy yordam ko’rsatib kelmoqda. Mamlakatdagi jamoat tashkilotlar tarkibiga kasaba uyushmala­ri, jamg’armalar, yoshlar va xotin-qizlar harakatlari, kasbiy asso­tsiatsiyalar, klublar va boshqalar kiradi. Hozirgi paytda mamlakati­mizda respublika va xalqaro ahamiyatga molik 220dan oshiq jamoat birlashmalari faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, 4 ta siyosiy partiya, 2 ta harakat, 46 jamiyat, 5 ta qo’mita, 24 assotsiatsiya, 18 ta tarmoq ka­saba uyushmalari, 35 ta jamg’arma, 15 utsyushma, 32 ta federatsiya, 31 ta boshqa tashkilotlar mavjud. SHuningdek, respublikamizda hisob ro’yxatiga olingan 1500 viloyat, 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning jamoat tashkilotlari mavjud.
Jamoat tashkilotlari o’z maqsad va vazifalariga muvofiq ra­vishda respublikada o’tkazilayotgan keng ko’lamli islohotlarga muno­sib hissa qo’shib oilalarni mustahkamlashga ko’maklashmoqda. Masa­lan, ekologiya va salomatlik sohasida «Ekosan», ehtiyojmand kishi­larga va nogironlarga ijtimoiy yordam ko’rsatishda «Navro’z» jam­g’armalari, nogironlar jamiyatlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda Xotin-qizlar qo’mitalari, mehnatkashlarning kasbiy va boshqa qonu­niy manfaatlarini ifoda etishda kasaba uyushmalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlashda «Ulug’bek, «Iste’dod» jamg’armalari faoliyatini alohida ta’kidlab o’tish mumkin.
Nima uchun mamlakatimizda oilaga jamiyat tomonidan bu qadar katta e’tibor berilmoqda? CHunki oila jamiyatning bir bo’lagi, uz­viy qismi bo’lib, uning bosh bo’g’inini tashkil etadi. U qancha mus­tahkam bo’lsa, jamiyat ham shuncha mustahkam bo’ladi.
Oila ayni vaqtda jamiyatning, avvalo, uning jamiyat manfaat­lari bilan chambarchas bog’liq ekanligida hamda ijtimoiy vazifala­rida yaqqol aks etadi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling